Oziq-ovqat va kimyo sanoati mashina va jihozlari

“Oziq-ovqat va kimyo sanoati mashina va jihozlari” kafedrasi

 

Kafedra mudiri v.b.

Gafurov Karim Xakimovich

texnika fanlari nomzodi,

dotsent

 

tel: (93) 4777868

e-mail: kgafurov@yahoo.com

tjbakt@mail.ru

 

KAFEDRA TARIXI

Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti 1977 yilda tashkil etilib, “Oziq-ovqat sanoati mashinalari va apparatlari” mutaxassisligi bo`yicha etuk kadrlarni tayyorlash uchun 1979 yilda institutda “Ishlab chiqarish jarayonlari, apparatlari va ularni avtomatlashtirish” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedraga dastlab 1979-1985 yillarda professor A.Artikov, 1985-1990 yillarda A.Mamatkulov, 1990-1993 yillarda dotsent T.R. Shomurodov, 1993-2003 yillarda professor A.F. Safarov, 2003-2005 yillarda professor X.F. Djuraev,                  2006-2011 yillarda dotsent           T.R. Shomurodov,       2011-2013 yillarda dotsent A.U. Usmonov mudir bo`lganlar.

 

 

 

 

 

 

Kafedraning nomlanishlari o`zgarishi

1979 yilda “Ishlab chiqarish jarayonlari, apparatlari va ularni avtomatlashtirish”
2003 yilda “Texnologik mashinalar jihozlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish”
2011 yilda “Zamonaviy texnika va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish”
2013 yilda “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot – kommunikatsiya tizimlari”
2019 yilda “Oziq – ovqat va kimyo sanoati mashina va jihozlari”

 

Kafedra 2013 yil “Informatika va axborot texnologiyalari” va “Zamonaviy texnika va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” kafedrasi a`zolari negizida “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot – kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi nomi bilan yangidan tashkil etildi.

2019 yilda “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot – kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi negizida “Oziq – ovqat va kimyo sanoati mashina va jihozlari” kafedrasi asos topdi.

Kafedrada 1982 yildan boshlab sanoatning turli tarmoqlari uchun muhandis-mexanik va muhandis-pedagoglar, “Oziq-ovqat sanoati mashina va apparatlari” mutaxassisligi bo`yicha muhandis- mexaniklar, 1997 yildan boshlab “Texnologik mashinalar va jihozlar”, Kasb ta`limi: “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo`nalashlari bo`yicha bakalavrlar, hamda “Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash mashinalari va apparatlari”, “Oziq-ovqat sanoati mashina va agregatlari” mutaxissisliklari bo`yicha magistrlar, 2011 yildan boshlab 5311000 – Texnologik jarayonlarva ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, 5111000 Kasb ta`limi Texnologik jarayonlarva ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo`yicha) yo`nalishlari bo`yicha pedagog, muhandis mexaniklar hamda 5A 320311 – “Oziq-ovqat sanoati mashina va agregatlari” mutaxissisliklari bo`yicha magistrlar, 2013 yildan boshlab esa, 5321700 – Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikatsiya tizimlari yo`nalishi bo`yicha bakalavr, hamda 5A 321701  “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot – kommunikatsiya tizimlari” mutaxissisliklari bo`yicha magistrlar tayyorlab kelindi.

Bugungi kunda kafedra asoschisi A.Artikov tomonidan yaratilgan ilmiy maktabda 8 nafar fan doktorlari, va 20 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan bo`lib, ular respublikamizning turli oliy ta`lim muassasalarida faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

 

 

Kafedra tayyorlaydigan bakalavriat yo`nalishi

5320300 –  Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat va kimyo sanoati)

 

KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR:

1 Kafedraga biriktirilgan fanlar nomi Fan o`tiladigan ta`lim yo`nalishi (magistratura mutaxassisligi)
1 Metrologiya va standartlashtirish 5321700-TJBAKT
2 Texnologik jarayonlar va qurilmalar 5321700-TJBAKT
3 Texnologik o`lchashlar va asboblar 5321700-TJBAKT
4 Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va nazorat qilish 5111060-Kasb ta`limi (Neft-gaz kimyo texnologiyasi)
5 Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari 5321400-Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi
6 Oziq-ovqat injiniringi jarayonlari va qurilmalari 5321000-Oziq –ovqat texnologiyasi
7 Oziq-ovqat injiniringi jarayonlari va qurilmalari 5111030-Kasb ta`limi “Oziq – ovqat texnologiyasi” (mahsulot turlari bo`yicha)
8 Oziq-ovqat injiniringi jarayonlari va qurilmalari 5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (don mahsulotlari)
9 Oziq-ovqat injiniringi jarayonlari va qurilmalari 5320300-TMJ
10 Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari 5320400-Kimyoviy texnologiya (Ishlab chiqarish turlari bo`yicha)
11 Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari 5320400-Kimyoviy texnologiya (Ishlab chiqarish turlari bo`yicha)
12 Kimyoviy injiniringda modellashtirish 5320400-Kimyoviy texnologiya (tarmoqlar bo`yicha)
13 Mexatronika 5321700-TJBAKT

 

14 Mexatronika asoslari 5320300-TMJ (OOSMA)
15 Nasoslar, ventilyatorlar va kompressorlar 5320300-TMJ (OOSMA)
16 Ixtisoslikka kirish 5320300-TMJ (OOSMA)
17 Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish 5111000-Kasb ta`limi (5320400-Kimyoviy texnologiya)

 

 

 

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI:

F.I.O. Lavozimi
1 Gafurov K.X. Kafedra mudiri, t.f.n., dotsent
2 Djuraev X.F. professor, t.f.d.
3 Narziev M.S. dotsent, t.f.n.
4 Saidmurotov O`.A. dotsent, t.f.n.
5 Musaeva R.X dotsent, t.f.n.
6 Hikmatov D.N. dotsent, t.f.n.
7 Muslimov B.B. katta o`qituvchi
8 Xoliqov A. A. katta o`qituvchi
9 Ibragimov R.R. katta o`qituvchi
10 Habibov F. YU. katta o`qituvchi
11 Sharipov N.Z. katta o`qituvchi
12 Qo`ldosheva F.S. assistent
13 Akabirova    L. H. assistent

 

Kafedra ilmiy salohiyati 46,2 % ni tashkil qiladi.

 

KAFEDRANING YUTUQLARI:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qaroriga asosan – iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo’nalishlari va ixtisosliklari bo’yicha o’qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha yangilangan davlat oliy ta’lim standartlari va o’quv dasturlari joriy qilindi.

Oliy ta’lim tizimida o’z yo’nalishlari bo’yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o’tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib borilmayapti.

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:

Bakalavr yunalishi buyicha 5320300 –  Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat va kimyo sanoati) mutaxasis kadrlar tayyorlash ko’rsatib o’tilgan.