Oziq-ovqat texnologiyasi va sanoat ekologiyasi kafedrasi

txKafedra mudiri: t.f.n. Qurbonov Murod Tashpulatovich
Tel: +998(95) 604-40-36
E-mail: oot_se@bmti.uz


1972 yilda “Geologiya va geodezik fanlar” kafedrasi Toshkent politexnika institutining Buxoro kechki filiali tarkibida tashkil topdi. 1972-1976 yillarda kafedraga dots., t.f.n. Sobirov F.SH. rahbarlik qildi. 1976 yildan kafedra mudiri etib dots., t.f.n. Hamroev H.H. saylandi.
Kafedra 1982 yildan “Hayot faoliyati xavfsizligi va geologiya fanlari” deb nomlandi. SHu yillarda kafedra bitiruv kafedrasi hisoblanib “Neft va gaz texnologiyasi” ixtisosligi bo’yicha mutaxasislarni tayyorlagan. 1995 yilgacha kafedraga dots., t.f.n. Hamroev H.H. rahbarlik qilib kelganlar. 1995 yildan kafedra “Hayot faoliyati xavfsizligi” deb yuritila boshlangan. Kafedra mudiri vazifasini 1995-1998 yillarda t.f.n. Muxammedov X.R. bajarib kelgan. 1998- 2000 yillarda kafedrani katta o’qituvchi Murodov A.T. boshqarganlar. 2000 yildan 2008 yilgacha kafedraga t.f.n., dots. SHodiev S.N. rahbarlik kildi.
Kafedrada ko’p yillar davomida o’qituvchi-murabbiylardan texnika fanlari doktori professor Sobirov F.SH., dotsent Abdullaev M.A., dotsent Pardaev SH.S., Turaev A.S., Rasulov A.X., katta o’qituvchilar Baxriddinov M.I., Raximov N.R., Qayumov M., Naimov A., Rashidov M.M. va boshkalar faoliyat ko’rsatib kelganlar. 2008 yildan kafedra mudiri etib dots., t.f.n. Maxmudov M.I. saylandi. 2011 yildan kafedra mudiri etib dots., t.f.n. Kurbonov M.T. saylandi.
Hozirgi paytda kafedra tarkibida dotsent Kurbonov M.T, dotsent Atamuratova T.I., dotsent Kuliev N.SH., dotsent Xaydar-Zade L.N., katta o’qituvchi Aslonov B.B., katta o’qituvchi Hamidov Yo.Yo., katta o’qituvchi Baxriddinova N.M., katta o’qituvchi Murodova I.N., katta o’qituvchi Savriev SH.M., katta o’qituvchi Beshimov Yu.S., assistent Zaripova M.D., assistent Kurbanov M.T., assistent Nematullaev S.S., assistent To’raev F.F., assistent Tursunova N.N., kabinet mudiri Normurodov B.R., laborant Xolova SH., laborant Habibullaeva K. faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.
Kafedrada faoliyat olib boruvchi asosiy shtatdagio’qituvchilardan 1 ta professor, 5 tasi dotsent ilmiy unvoniga ega,9 tasi fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Kafedradan 25 ta o’qituvchidan 17 tasi asosiy shtatda, shulardan3tasi 0,5 shtatda, 3 tasi 0.25 shtatda. Ichki o’rindosh 8 ta shulardan 6 tasi 0.25 shtatda,2 tasi 0.5 shtatda asosida ishlaydi. Kafedrada ilmiy salohiyat 47.6 %ni tashkil etadi.
Kafedra institutning barcha bakalavr ta’lim yo’nalish mutaxassisliklariga «Ekologiya» va “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanlaridan, magistrlarga “Sanoat ekologiyasi” fanidan dars berib kelmoqda.
Kafedra 2017 yil avgustdan boshlab “Oziq-ovqat texnologiyasi va sanoat ekologiyasi” nomi bilan faoliyatini davom ettirmoqda. O’qish bilan amaliyotni birgalikda olib borish, talabalarning bevosita ishlab chiqarishda amaliy mashg’ulotlarni va malakaviy amaliyotlarini o’tkazishni tashkil etish maqsadida institutning ta’lim yo’nalishlarini bir qator tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari tayyorlandi: “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi”, Favqulotda vaziyatlar vazirligi Buxoro viloyat Boshqarmasi, Buxoro sinov sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi, “Buxorodon” OHJ, “Kogondon” OHJ, “Qarshi Dunyo M” OHJ, “Jomboydon” OHJ shuningdek talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini maqsadli sarflash maqsadida “Xavfsizlik posboni”, “Qutqaruvchi”va “Yosh ekolog” kabi to’garaklar faoliyat ko’rsatmoqda.
“Oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan chorvachilik parrandachilik va baliqchilikda qo’llanilishi” mavzusida ishlanmalar qilinib, Buxoro viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasining “Viloyat baliqchilik” bo’limi hamkorligida baliqlarga va parrandalarga sinab ko’rilib kelajakda xo’jalik shartnomalari imzolandi.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg’armasi orqali kafedraning qobiliyatli yosh pedagoglaridan hamda yuqori malaka va tajribaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilardan t.f.n. M.T. Qurbonov va t.f.n. Yu.S. Beshimovlar 18.11.2017 yilda xorijiy oliy ta’lim muassasalariga stajirovkadan o’tash maqsadida respublika “Ist’edod” jamg’armasiga borib, suhbatdan o’tdilar. SHuningdek GIZ granti loyihasi asosida kafedra dotsentlari T.I.Atamuratova va L.N.Xaydar-Zade Qozog’iston va Germaniyada, kafedra mudiri t.f.n. M.T.Qurbonov esa Tojikiston (2011 y.) va “Matches” loyihasi asosida Ispaniya (26.11.15-06.12.15 y.) xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovkadan o’tab keldilar. SHu bilan bir qatorda kafedra mudiri M.T.Qurbonov “ENTER INJENERING” kompaniyasida hamda kafedra assistenti N.N.Tursunova LUKOIL kompaniyasi “Qandim” gazni qazib olish sexida stajirovkadan o’tab keldilar
2. Talabalar va professor-o’qituvchilar bilan tarmoqdagi yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar yuzasidan institutda FVV Buxoro viloyat Boshqarmasi hamda “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi” bilan xamkorlikda uchrashuvlar tashkil etildi va Buxro viloyat televideniyasi orqali namoyish etildi. Bundan tashqari kafedra o’qituvchilari N.M.Baxriddinova, I.N.Murodova, SH.M.Savriev, B.B.Aslonov, M.D.Zaripova, N.N.Tursunova, M.T.Kurbonovlar tomonidan Romitan qurilish va xizmat ko’rsatish kolleji, Romitan ekologiya va o’rmon xo’jaligi KHK, Buxoro arxitektura va qurilish kolleji, Buxoro turizm kollej o’qituvchilari va o’quvchilari uchun, shuningdek bir qancha korxona va tashkilotlar, MFY a’zolari uchun turli mavzularda seminar-treninglar tashkil etildi.
3. Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida TEMPUS granti loyihasi asosida bitta oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash va ularning xavfsizligini aniqlash laboratoriya xonasi (K-3, 34-xona) xorijda ishlab chqarilgan zamonaviy jihozlar va uskunalar bilan jihozlangan. Bundan tashqari don mahsulotlarini qayta ishlash va sifatini aniqlash bo’yicha jihozlar ta’mirlandi, yog’ presslari va makaron presslari joyiga o’rnatildi.
4. Institutning o’quv-metodik bazasini mustahkamlashda kafedra o’qituvchilari dots. T.I.Atamuratova, dots. L.N.Xaydar-Zade, t.f.n. M.T.Qurbonov, t.f.n. N.M.Baxriddinova, I.N.Murodova, M.D.Zaripova, N.N.Tursunovalar tomonidan “Hayot faoliyati xavfsizligi” va “Ekologiya” fanlaridan o’quv-uslubiy majmualar, modullar tayyorlandi hamda institut ARMga va elektron kutubxonaga topshirildi, bundan tashqari talabalarning foydalanishi uchun institut ziyonet tarmog’iga joylashtirildi.
5. Kafedra o’qituvchilari t.f.n. N.M.Baxriddinova va assistent I.B.Savrieva tomonidan “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan elektron o’quv qo’llanma dasturi uchun 05.05.2017 yilda qayd etilgan № DGU-04462 sonli patent olindi.
6. Kafedra mudiri t.f.n. M.T.Qurbonov tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Ekologiya” fanidan rus tilida va “Sanoat ekologiyasi” fanidan o’zbek tilida o’quv qo’llanmalari nashr ettirish uchun tayyorlandi.
7. Kafedra o’qituvchilari prof. I.B.Isabaev, dots. T.I.Atamuratova, dots. L.N.Xaydar-Zade, t.f.n. M.T, Qurbonov, Yu.S.Beshimovlar tomonidan grant loyihalari tayyorlandi va tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
8. Kafedrada O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “O’simlik moddalari kimyosi” instituti ”Mikrobiologiya” ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Yosh olimlarning akademik harakatchanligi – 2017” dasturi bo’yicha doktarant N.R.Djuraeva tomonidan MUZ-20160914085306 raqami bilan qayd etilgan “Stabillashtiruvchi tabiiy ozuqabop qo’shimchalardan foydalanib, oldindan ehtimol qilinadigan biopotencialga ega bo’lgan unli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishning resurs-tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish” loyihasi asosida 20.000.000 so’m miqdorda ilmiy tadqiqot ishlari hamkorlikda olib borildi.
Kafedra 2017 yilda Naberejnichelni shahridagi Qozon federal universiteti filiali hamda Moskva oziq-ovqat ishlab chiqarish davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi.
Kafedrada istiqbolli 2018-2022 yillarda buyurtmalar portfelini shakllantirib, quyida keltirilgan bakalavriyat yo’nalishlarida va magistratura mutaxassisligini kafedra bazasida ochish bo’yicha:
– 5321000Oziq ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha)
– 5410500-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish
– 5A321003 – Oziq-ovqat xavfsizligi
– 5A321001 – Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (non makaron qandolat mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi)
– 5A321001 – Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlarini saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi bo’yicha)
– 5A321001- Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (yog’larni qayta ishlash texnologiyasi bo’yicha)