“O’zbekistonda to’qimachilik sanoatining istiqbollari” mavzusida tadbir o`tkazildi

“O’zbekistonda to’qimachilik sanoatining istiqbollari” mavzusida tadbir o`tkazildi

“To’qimachilik” kafedrasi

“O’zbekistonda to’qimachilik sanoatining istiqbollari” mavzusida tadbir o`tkazildi

      2018 yil  aprel kuni soat 10-00 da institut binosida  “Engil sanoat” fakulьteti “To’qimachilik” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan “O’zbekistonda to’qimachilik sanoatining istiqbollari” deb nomlangan ko’rgazma namoyishi bo’lib o’tdi.

O’quv ishlar bo’yicha prorektor Q.T. Olimov so’zga chiqib, bugungi kunda Respublikamiz xalq xo’jaligining tarmoqlarida olib borilayotgan islohotlar bilan birga Oliy ta’lim tizimida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni birgina institutimiz misolida qaraydigan bo’lsak, 2017 yilda mavjud bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bilan birga bir nechta yangi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha qabul amalga oshirilganligini aytdi.

So’ngra,  so’z viloyat hokimligi sanoat bo’lim boshlig’i  F. Bozorovga berildi:

U O’zbekiston hozirda katta va ko’p yo’nalishlarga ega bo’lgan to’qimachilik va engil sanoat tarmog’iga ega ekanligi,  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan is­lohotlarning asosiy natijalari tahlili bo’yicha mulohaza yuri­ta­digan bo’lsak, qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarda iqtiso­diyot tarmoqlarini modernizaciyalash jarayonining o’rni sezilarli darajada bo’lmoqda. Bu borada engil sanoat tarmog’iga qaratila­yotgan alohida e’tibor tufayli, O’zbekiston nafaqat pax­ta xom ashyosi etishtiruvchi, balki uni qayta ishlash salo­hiyati yuksalib borayotgan davlatlar qatoridan joy olmoqda. Bugungi kunda engil sanoat va to’qi­machi­lik korxonalari texnik, texnologik ji­hatdan modernizaciya qilinayotgan­ligi, yangi quvvatlar ishga tushirilayotganligi Respublikada etishti­rilgan paxtani o’zimizda qayta ishlash hajmi oshishini ta’minla­moqda.

So’z “Daewoo Textile Bukhara” qo’shma korxonasi laboratoriya mudiri Akmal  Aruslanoga berildi. U bugungi kunda jamiyat tarkibiga zamonaviy texnika bilan ta’minlangan 380 dan ortiq to’qimachilik, tikuvchilik va trikotaj, shuningdek, shoyi mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar kirishi, ularning qariyb 360 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ekti,  ushbu korxonalar ip kalavadan tortib tayyor buyumgacha bo’lgan keng turdagi mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga etkazib berayotganliklari,   respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o’z vaqtida zarur ixtisosliklar bo’yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash to’g’risida fikr bildirib, barcha talabalarni amaliyotlarni shu korxonaga o’tashlari va kelajakda ishlashlari uchun korxona eshigi ochiqligini ta’kidladi.

“Rushon Teks” MCHJ korxona mutaxassisi B.Davlatov so’zga chiqib, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya  ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish Dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashtirishga e’tiborni qaratish, mamlakatimizda bu sohani yanada rivojlantirish maqsadida bo’layotgan o’zgarishlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar olib borilayotganligi, talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha yo’nalishlarni kengaytirgan holda to’qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash tizimini  takomillashtirish taklifini berib, korxonaning mutaxassislarga ehtiyoji yuqori ekanligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida tadbir tashkilotchilari barcha ishtirok etgan korxona rahbarlariga  minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirni  Buxoro viloyati “Buxoro” telekanali jurnalisti va operatori suratga olishdi.

Tadbirda “To’qimachilik” kafedrasi dotsenti R.X.Nurboev, ”To’qimachilik” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan:dotsent X.G.Gapparov, D.R.Giyasova, D.N.Naimova,F.F.Kazakov,  S.E.Mardonov, B.A.Raxmatova, D.S. Kazakova,  M. CHorieva, Z.Vafaeva, S.Saidqulov,  L. Kamolova, SH.Samieva, S.Fayziev,  T.Djuraeva, J.Otamurodov va barcha to’qimachilik korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.