Blog

O`zbekiston Respublikasida sug’urtani rivojlantirish omillari va muammolari

Yuldasheva S.N., Alimova D.D.- “Menejment” kafedrasi o`qituvchilari

«Eva ICHAKT» fakul’tetining  “Menejment” kafedrasi katta o`qituvchisi  Yuldasheva Saida Nematovna va kafedra assistenti Alimova Dildora Damirovna  tomonlaridan  2017 yil  6 fevral kuni soat 15-00 da  institut 2- binosi 517- auditoriyasida “O`zbekiston Respublikasida sug’urtani rivojlantirish omillari va muammolari” mavzusida seminar-davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatini  o`tkazishdan maqsad: Ishtirokchilarni, ya`ni  pedogoglar, talaba – yoshlarning sug’urta haqida nazariy bilimlarini amaliy bilimlar bilan bog’lash, milliy iqtisodiyotning rivojlanishida sug’urtaning hayotdagi tadbig’ini   o`rganish.Davra suhbatini S.N.Yuldasheva kirish so`zi bilan ochib, korxonalar va uy xo`jaligi daromadlari hajmining o`sishiga turli xil xavf-xatarlar, hodisalar ta`sir etish ehtimolidan xoli emasligi, ana shunday vaziyatda bizda mol-mulkimizni, faoliyatimizni, hayotimizni javobgarligimizni himoyalashga, asrab avaylashga ehtiyoj tug’ilishida sug’urtaning rolini aytib o`tdi. Shundan so`ng sug’urtaning afzalliklari va funksiyalarini D.D. Alimova ko`rgazmali slaydlar orqali tushuntirdi. Sug’urtaning turlari va O`zbekiston Respublikasida hamda chet ellarda sug’urta bozorining rivojlanishini 12-13 MNDT talabalari Islom Sharipov, Nilufar Jo`raqulova  va 14-13 MNDT talabasi Doston Sharipovlar videoroliklar va ko`rgazmali slaydlar orqali  davra suhbatini olib bordilar.

Menejment kafedrasi mudiri dots. D.I. Ro`ziyeva  ham sug’urta kompaniyalarining roli to`g’risida to`xtalib so`zni “O`zbekinvest-hayot” eksport import milliy sug’urta kompaniyasi menejeri Cho`lliev Obid Ostonovichga  berdi. O.O. Cho`lliev  kompaniyaning faoliyati bilan davra ahlini tanishtirdi. Sug’urta kompaniyasi menejeriga savollar berilib ijobiy  javoblar olindi. Bu bilan amaliy bilimlar yanada oshdi.

\

Sug’urtaning afzalliklari va funksiyalari haqida   D.D. Alimova ma’ruzasi.

Seminar-davra suhbati tashkilotchilari va ishtirokchilari.

O`zbekiston Respublikasida hamda chet ellarda sug’urta bozorining rivojlanishini haqida – 14-13 MNDT talabasi Doston Sharipovning chiqishi.

Seminar-davra suhbati  ishtirokchilari va “O`zbekinvest-hayot” eksport import milliy sug’urta kompaniyasi menejeri Cho`lliev  O.O.

Sug’urtaning turlari haqida 12-13 MNDT talabalari Islom Sharipovning chiqishi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.