O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorini rivojlantirish va sug’urta tarif siyosatini amalga oshirishning yo’nalishlari” mavzusida seminar trening

O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorini rivojlantirish va sug’urta tarif siyosatini amalga oshirishning yo’nalishlari” mavzusida seminar trening

“Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi”  fakultetining “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi S.N. Yuldasheva va assistenti D.D.Alimova  tomonidan  soat 13-30da institut 2- binosi 517-auditoriyasida “O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorini rivojlantirish  va sug’urta tarif siyosatini amalga oshirishning yo’nalishlari” mavzusida seminar treningi bo’lib o’tdi.

 

Seminar treningni docent D.I.Ro’zieva kirish so’zi bilan ochib, bugungi kunda sug’urta bozor infratuzilmasining muhim bo’g’ini sifatida iqtisodiyotning mamlakat rivojlanishi uchun xizmat qilishi, korxonalar va uy xo’jaligi daromadlari hajmining o’sishiga turli xil xavf-xatarlar, hodisalar ta’sir etishi ehtimoldan xoli emasligi, ana shunday vaziyatda bizda mol-mulkimizni, faoliyatimizni, hayotimizni va javobgarligimizni himoyalashga, asrab avaylashga ehtiyoj tug’ilishida sug’urtaning rolini aytib o’tdi. So’ng katta o’qituvchi S.N Yuldasheva o’z maruzalarida sug’urta mohiyati va ahamiyatiga etiborni qaratdilar. SHundan so’ng sug’urtaning afzalliklari va funkciyalarini D.D.Alimova ko’rgazmali slaydlar orqali tushuntirdi. 18,20-15MNDT, 2-15MMNDT guruhi talabalari sug’urtaning turlari, O’zbekiston Respublikasi va chet ellarda sug’urta bozorining rivojlanishi hamda sug’urta tarif stavkalari bilan videoroliklar va ko’rgazmali slaydlar orqali  seminar ishtirokchilarini tanishtirdilar.

SHundan so’ng  so’z O’zagrosug’urta davlat akciyadorlik sug’urta kompaniyasining Buxoro shahar bo’limi, katta anderayderi B.A.Elmurodov va 1-toifali anderayder R.I.Toshqinovga  berildi. B.A.Elmurodov ishtirokchilarni kompaniyaning faoliyati bilan tanishtirdi. Sug’urta kompaniyasi menejeriga savollar berilib ijobiy  javoblar olindi. R.I.Toshqinov kompaniya sug’urta tarif  stavkalari bo’yicha talabalar savollariga hayotiy misollar orqali javob berdi. Bu bilan talabalarning nazariy bilimlari amaliy ko’nikmalar bilan  yanada mustahkamlandi.

Tadbirning asosiy yutuqlaridan biri bu  talabalarning sug’urta haqidagi nazariy bilimlarning    amaliy ko’nikmalar bilan bog’lanishi bo’ldi. Keltirilgan misollar esa  hozirgi iqtisodiyotimizning rivojida sug’urtaning o’rnini  tushunib etishga ko’maklashuvchi vosita bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu esa yoshlarni mavjud imkoniyatlardan yanada keng foydalanishga undaydi.

 

“Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi:       Yuldasheva S.N., assistenti Alimova D.D., Mo’minov H.M.