“O’zbekiston Respublikasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida tadbir o’tkazildi

“O’zbekiston Respublikasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida tadbir o’tkazildi

Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.A. Xaitov kirish so’zi bilan ochib, tadbir mavzusi, ishtirokchilari, maqsad va vazifalarni tushuntirib o’tdi va avvalo navbatni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan  “Intiho yohud yo’qlikka qarab” hujjatli filmi namoyish etildi.       Shundan so’ng so’z Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Narkotik moddalarni nazorat qilish” markazi eksperti Jalolov Xotam G’ulomovich O’zbekiston Respublikasi Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2016 yil 15 iyundagi 3-sonli bayoni bilan tasdiqlangan Narkotik moddalar suiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo’yicha 2016-2020 yillarga mo’ljallangan kompleks chora-tadbirlari Davlat Dasturini talablari ijrosini ta’minlash hamda talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, ularni giyohvandlik illati ta’siridan himoya qilish, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish maqsadida o’tkazilayotgan Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatishga qarshi kurash tezkor-profilaktik tadbirlarning ahamiyati haqida talabalarga tushunchalar berdi. Shuningdek, Buxoro viloyat narkologiya dispanseri bosh vrach o’rinbosari Toshev Ilhom Idibekovich so’zga chiqib, insonlarda giyohvand moddalar iste’mol qilingandan so’ng qanday xolatlar sodir bo’lishi haqida malumot berdi. Unga ko’ra giyohvand moddalar iste’mol qilingandan so’ng narkotik sarxushlik holati yuzaga keladi. Bunda yuqori kayfiyat, ko’p kulish, telbalik, diqqat chalg’ishi, lanjlik, harakat muvofiqligining buzilishi, qadam tashlashning o’zgaruvchanligi namoyon bo’ladi. Ba’zida beg’amlik, xayolparastlik, badjahllik, jizzakilik, tajovuzkorlik kuzatiladi. Teri qoplami qizaradi, ko’z xiralashadi va kengayadi. Berilgan malumot va tavsiyaalar talabalarga to’g’ri yo’ldan adashmaslikka, bu kabi illatlarga chalinmasliklari uchun muhim omil bo’ldi.