Blog

Ota-onaga hurmat – eng oliy qadriyat

Buxoro muxandislik-texnologiya instituti  “Kimyoviy texnologiya” fakulteti “Kimyo” kafedrasi katta o’qituvchisi K.E.Ro’ziyeva 20-16 KT guruxi bilan TTJ da 17 aprel 2017 yil  “Ota-onaga hurmat – eng oliy qadriyat” nomli tadbirni o’tkazdi. Tadbirni 20-16 KT gurux talabalari Toshpulatov Xumoyun va Baratova Shaxnozalar olib borishdi. So’ng so’zni “Kimyo”kafedrasi katta o’qituvchisi K.E.Ro’ziyevaga berildi. Bu dunyo hisob-kitoblidir. Hayotda volidayi muxtaramalari padari buzrukvorlarining xizmatlarini qilib, ularni rozi qilgan kishilarning yaxshiliklari o’zlariga bolalaridan qaytganiga misollar ko’p. Aayniqsa, ota-onasiga qarshi chiqib, ularni ranjitib, ko’nglini og’ritib, norozi qilib maqsadiga etmaganlarga keksalarimiz guvoh. Har bir ota-ona qariganda farzandlar atrofida bo’lishini istaydi. Ko’zidan nuri, belidan quvvati ketganda, ota-ona farzandlariga suyanadi. Undan iliq muomala kutadi. Bolani qobil farzand qilib tarbiyalash, ota-ona zimmasida. Hamma bolalarini keksalarni hurmat kilishga o’rgatishi, o’zlari ham ularga ibrat va namuna bo’lib yoshi ulug’ keksalardan xabar olib turishlari zarur. ularga nisbatan usta holatda muloyimlik zarur, shirin muomalada tansiq taom tayyorlashda va yumshok o’rin tushashda ajdodlarimiz. Ushbu vazifalarni farzandlarga singdirishgan. O’g’il – qizlarni tarbiyalashda avvalo, ota-onaga mehribon va ularga muloyimlik bilan muomalada bo’lishni o’rgatmog’imiz lozim, deb ta’kidladi. KT fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha  dekan muovini Mirzakulov O. so’zga chiqdi. Ota-onajonlar borki, hayotimiz charog’ondir. Ular biz farzandlar uchun mehnat qilib, dam olmasdan bizning kelajagimiz, porloq hayotimiz uchun qayg’uradilar. Bu mehnat qadriga etish, keksaygan chog’larida ulug’lash, biz farzandlar burchidir. Buyuk  ajdodlarimiz ham o’z asarlarida ota-onalar haqida, ularni ulug’lovchi fikrlarni aytib o’tganlar. “Jannat-onalar oyog’i  ostidadir”  degan hikmatli so’z bekor aytilmagan deb,  o’z so’zini yakunladi. Tadbirda 20-16 KT guruhi talabalari ota-onalarni madh etuvchi she’r, qo’shiqlar ijro etdilar. So’ngra, A.Oripovning “Jannatga yo’l” asaridan badiiy sahna ko’rinish ijro etildi. Tadbir so’ngida,  o’zbek millatiga xos bo’lgan izzat-hurmat, mexr-oqibat tushunchalari va uning o’rni to’g’risidagi so’zlar bilan K.E.Ro’ziyeva tadbirni yakunladi.
 

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.