Blog

Oromgohda bir kun!

“Muxandislik-qurilish” fakulteti jamoasi Buxoro shaxrida joylashgan “Yosh aloqachi” bolalar oromgohida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5-ta muhim tashabbus doirasida qo’shma tadbir tashkil etildi.Tadbirda “Muhandislik-qurilish” fakulteti dekani SH.M.Muradov so’zga chiqib oromgoh bolalarini yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 28 yilligi bilan chin dildan tabriklab, ularga uzoq-umr, sihat-salomatlik kelgusidagi o’qishlariga kattadan-katta zafarlar tilab va shu bilan birga bolalardan oromgohda vaqtlarini qay tarzda o’tkazayotganliklari haqida qiziqdi. Suhbat davomida 5-ta tashabbus doirasida bolalarni san’atga, musiqaga, rassomchilikga hamda kitobxonlikga qiziqishlari bo’yicha fikr almashishdi.
I-tashabbus bo’yicha talabala Shaxzoda Fayzullaeva oromgox tarbiyalanuvchilariga “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon” mavzuida o’z san’atini namoyish qildi.
Teatr jamoasi o’zlarining dasturlari bilan, oromgox tarbiyalanuvchilarini mamnun qilishdi.
Shundan so’ng, bolajonlarga o’zlarini qiziqtirgan mavzuda rasm chizib, do’stona bellashishlariga imkoniyat berildi. Shart tugagandan “Eng yaxshi plakat” sohiblari deb topilganlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Yakunda oromgox tarbiyalanuvchilariga fakultet talabalari tomonidan kitoblar sovg’a qilindi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.