O’quv-uslubiy boshqarma

Bolim boshligi : t.f.n. dotsent Xodjiyev Shuxrat Maxmudovich
Tel:  0(365) 223-61-97
E-mail: sh.hodjiev67@mail.ru

O`uv-uslubiy boshqarma haqida ma’lumot

Institutda o’quv-uslubiy boshqarma o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish ishlarini olib boradi. O’quv jarayoni institutning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan o’quv jarayoni jadvali, ishchi va o’quv rejalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etiladi.
O’quv-uslubiy boshqarma yil davomida Davlat o’quv standartlarini bajarish bo’yicha ishlarni nazorat qiladi, fakultet dekani va kafedra mudirlari bilan me’yoriy hujjatlarni, kuzgi va bahorgi semestr uchun mashg’ulotlar jadvalini ishlab chiqadi, ta’lim sifati va talabalarning davomati bo’yicha, yordamchi xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishlariga oid ishlarni nazorat qiladi. Shu bilan birga oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga statistik ma’lumotlar bo’yicha hisobot beradi, reyting tizimiga amal qilish, amaliyotni tashkil etish, ilmiy-metodik konferensiyalar tashkil qilish, professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish uchun kurslarga yo’llanma beradi. Bitiruv ishlar va dissertatsiya himoyalari hamda fanlararo attestatsiyalari bo’yicha Davlat attestatsiya komissiyalarining hisobotini tuzish kabi ishlar bilan mashg’ul bo’ladi.
O’quv-uslubiy boshqarma o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida faoliyat yuritadi. Institut ilmiy-uslubiy kengash ishida, o’quv ishlari bo’yicha prorektor huzuridagi bo’linmalar rahbarlari majlisida qatnashadi. Fakultetlar va kafedralarda o’quv-uslubiy jarayonni tashkil etishni takomillashtirish bo’yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Professor-o’qituvchilarning fan dasturi, kalendar rejaga muvofiq dars o’tishlarini va mehnat intizomiga rioya qilishlarini hamda o’quv-yordamchi xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishlarini nazorat qiladi. O’quv mashg’ulotlarining borishi, talabalar davomati tekshiruvlarini o’tkazadi.
Kafedralardan dars jadvali tuzish uchun ma’lumotlar yig’iladi, tahlil qilinadi va “Dars jadvalini tuzish” yo’riqnomasi asosida dars jadvali tuziladi. Tuzilgan dars mashg’ulotlari jadvalini dekanatlar bilan kelishiladi, auditoriyalar tahlil qilinadi. Navbatdagi o’quv yiliga ish xujjatlarini yangilash, o’quv jarayonini tashkil qilish uchun me’yoriy-uslubiy hujjatlarni tayyorlash ishlarini olib boradi. Professor-o’qituvchilarning reyting tizimiga amal qilishi, joriy va oraliq nazorat natijalari tahlil qilinadi. Kafedralar professor-o’qituvchilarining asosiy, o’rindoshlik va soatbay yuklamalarini bajarishi nazorat qilinadi. Kafedralar bo’yicha ajratilgan yuklamalar fondidan foydalanishi tahlil qilib boriladi.
Kuzgi va bahorgi semestr yakunlarini tahlil qiladi, ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboriladi hamda institut Ilmiy kengashiga ma’lumot tayyorlanadi. Bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini institut rektori tomonidan tasdiqlash uchun mutaxassislik kafedralardan ma’lumotlar yig’iladi, tahlil qilinadi va buyruq loyihasi tayyorlanadi.
Institut o’quv-uslubiy boshqarmada professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Oxirgi 3 yil mobaynida 392 nafar (91 %) professor-o’qituvchilar malakalarini oshirib qaytdilar. Professor-o’qituvchilar malakasini oshirish bo’yicha Rossiya Federatsiyasi va Shvetsiya oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan bir qator shartnomalar asosida institut professor-o’qituvchilarining malaka oshirish va stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.
Kalendar yil bo’yicha malaka oshirish rejasini tuzish uchun, kafedralardan ma’lumotlar yig’ilib, professor-o’qituvchilarning malaka oshirishi tahlil qilinadi va tasdiqlatish uchun O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi. Yil davomida tasdiqlangan reja asosida professor-o’qituvchilarni malaka oshirish muassasalariga yuborish to’g’risida buyruq loyihalari tayyorlanadi hamda yangi yil boshida institut Ilmiy kengashiga ma’lumot tayyorlaydi. Kafedralarda “Ochiq leksiyalarni tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ishlar olib boriladi. O’tkazilgan har bir ochiq leksiyada ishlab chiqarish va ilmiy tekshirish institutlari vakillari mutaxassis-ekspert sifatida ishtirok etadilar. Ekspertlar tomonidan berilgan baholar kafedralar va fakultet ilmiy kengashlarida muhokama qilinadi. O’tkazilgan ochiq leksiyalarda o’qitishning texnik vositalari, ilg’or pedagogik va axborot texnolgiyalaridan keng foydalaniladi. Ochiq leksiyalarni muhokama qilishga bag’ishlangan kafedra majlislariga tashqi ekspertlar taklif etiladi, ular ishtirokida tegishli qarorlar qabul qilinadi. Ochiq ma’ruzalarning samaradorligi o’quv jarayonini takomillashishida namoyon bo’lmoqda, jumladan yangi pedagogik texnologiyalarni yoyishda, yosh pedagoglarning tajribalari oshishida kuzatilmoqda.
O’quv yili yakunida institut kafedralarining o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha hisobotlari o’tkaziladi. Kafedralardan o’quv yili faoliyati bo’yicha hisobot va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik dalolatnomalari yig’iladi, tahlil qilinib hisobotlarni o’tkazish tashkillashtiriladi. Kafedralarning o’quv yili faoliyati bo’yicha hisoboti va taqdimoti tahlil qilinadi, institut Ilmiy kengashiga ma’lumot tayyorlaydi.