OOO “Lukoy Uzbekistan Opereyting Kompani” institutimizda

OOO “Lukoy Uzbekistan Opereyting Kompani institutimizda

Mirzaev Sanjar Saidjonovich

22 aprel 2017 yilda Lukoy Uzbekistan Opereyting Kompani tomonidan institutimizda 2017 yil bo’yicha ishga qabul qilish test sinovlari bo’lib o’tdi. Test sinovlarida “Neft – gaz kimyo sanoati texnologiyasi”, “Mashinasozlik,” “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot – kommunikaciya tizimlari” va “Elektroenergetika, elektrotexnika va elektromexanika” yo’nalishi 4-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Tadbir boshida kirish so’z tashkilotchi, “NKST” kafedrasi katta o’qituvchisi S.S. Mirzaevga berildi. Kirish so’zidan so’ng Lukoy Uzbekistan Opereyting Kompani vakili kompaniya xususida va yosh kadrlarga qo’yiladigan talablar borasida taqdimot qildi. So’ngra test sinovlari shartlari e’lon qilindi. Testlar ikki bosqichda: 1- bosqich Mutaxasisslik fanlari bo’yicha test sinovlari, 2- bosqich Psixologik test sinovlari o’tkazildi. Test yakunlari 22 may 2017 yilda aniq bo’lishi ta’kidlandi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *