Blog

OLIY TA’LIMNI KADRLAR BILAN TA’MINLASH ISLOHOTI KOLLEJ VA TEXNIKUMLAR BILAN ALOQANI MUSTAHKAMLASHDAN BOSHLANADI

“Demokratik islohotlar sari yo‘l — biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir”
SH. Mirziyoyev

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi PF-5812 sonli “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida” farmoni boyicha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasida yosh avlodning ilm-hunarni mukammal egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev ta’lim yo‘nalishiga oid murojaatnomasida belgilangan vazifalar asosan maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovi 25 foizdan 50−60 foizga yetkazilishini ta’kidladi.
Texnikumlarga o’qishga qabul qilishni tashkil qilish va ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish har bir Oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan amalga oshirilishi belgilab berilgan. Qolaversa texnikumlarda ta’lim olayotgan yoshlar biriktirilgan institutning malakali pedagoglaridan ta`lim olib, xalqaro 5-darajadagi mutaxassis bo`lib yetishish kafolatlanadi.
Yuqoridagi islohotlarning yechimi sifatida Buxoro muhandislik texnologiyasi instituti huzuridagi Shofirkon qishloq xo`jaligi mahsulotlari texnologiyasi texnikumida 2020 yil 24 dekabrda “Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchilari A.Qurbonov va R.Norovalar tomonidan bir qator tadbirlar olib borildi.
Ular ingliz tilida mahorat darsini o’tkazdilar. Insonning kamol topishida, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida chet tilini o’rganishning ahamiyati aytib o’tildi. Pedagog-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan o’quv-uslubiy va tarqatma (grammatikadan bannerlar, uslubiy ko’rsatmalar) materiallar taqdim etildi.

Share this post