“OLIY TA’LIM – FAN – ISHLAB CHIQARISHNING UZVIY INTEGRATSIYASINI TA’MINLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI”

Back to Posts
Posted by: Farrux To'raqulov Category: Yangiliklar Post Date: 02/22/2019

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “OLIY TA’LIM – FAN – ISHLAB CHIQARISHNING  UZVIY  INTEGRATSIYASINI  TA’MINLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI”  mavzusida seminar va ko’rgazma  tashkil etildi.

Ko’rgazmada viloyatda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarining va ta’lim muassasasi talabalari tomonidan tayyorlangan maxsulotlar namoyish etildi. Ahamiyatli jihati esa tashrif  buyurgan ishlab chiqarish korxonalari iqtidorli talabalar bilan muayyan shartnomalar tuzishib, o’qishni tugatgach ishga qabul qilish bo’yicha kelishib olishdi. Shundan so’ng seminar-trening tashkil etildi. Unda hududni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, ilmiy ishlanma va g’oyalar tanlab olinib xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga tadbiq etishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi, shuningdek yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistr va iqtidorli talabalarning ilmiy ishlanma va ijodiy yutuqlari muhokama qilindi va kelajakdagi rejalar ishlab chiqildi. Ushbu ko’rgazma va seminar-treningda amalga oshiriladigan fikrlar, g’oyalar, ilmiy ishlanmalar va biznes-loyihalar almashinuvi shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalari, shirkatlar va fermerlik ho’jaliklarining faoliyatiga innovasion yangiliklarni olib kirishiga ishonchimiz komil.

Back to Posts