Oliy matematika kafedrasi

matKafedra mudiri: t.f.n. Yunusov G’anisher G’afirovich
Tel: 8(365) 223-78-84
E-mail: matematika@bmti.uz


Yunusov G’anisher G’afirovich 1976 yil Buxaro viloyati Qorako’l tumanida tug’ilgan, texnika fanlari nomzodi. 1999 yil Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 2015 yil fevraldan “Oliy matematika” kafedrasi mudiri lavozimida ishlaydi.
“Oliy matematika” kafedrasi 1962 yilda tashkil etilgan Toshkent Politexnika institutining Buxorodagi Umumtexnika fakulteti negizida 1969 yil 1 sentyabrdan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Madraximov X.S. kafedraning birinchi mudiri etib tayinlangan. Kafedra tarkibida katta o’qituvchilar Abduraxmanova S.N., Saidova R.M., Bozorov I.B., Soldatova G.I., Usnatdinov K.U., Sinelnikova A.P. dars bera boshladilar. Kafedrada dotsent SH.R.Mo’minov (1972-1981yy), dots.N.S. Mo’minov (1981-1988yy), dots.N.P.Rasulov (1989-1992yy) va (1999-2006yy), dots.I.Q.O’rinov (1992-1998yy), professor I.I.Safarov (2006-2014yy), dots M.X.Teshayev (2014-2015yy)lar rahbar lavozimida faoliyat ko’rsatganlar. 2015 yil fevraldan “Oliy matematika” kafedrasi mudiri lavozimiga texnika fanlari nomzodi G’.G’.Yunusov tayinlandi.
Dastlab kafedrada nafaqat “Oliy matematika”, balki “Hisoblash texnikasi va dasturlash”, “Iqtisodiy matematik modellar”, “Umumiy statistika” kabi fanlar ham o’qitilar edi. Shu sababli 1979 yilda kafedrani ikkiga bo’lib, “Oliy matematika” va “Amaliy matematika” kafedralarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb topildi. O’tgan davr mobaynida kafedraga yosh mutaxassislarni jalb etish va ularni aspiranturaga yuborish, kafedraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlariga katta ahamiyat berildi. Mash’gulot o’tkaziladigan xonalar jihozlandi, turli stendlar tayyorlandi, kafedraning kutubxonasi tashkil etildi. O’quv jarayonini kompyuterlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishildi. Kafedrada 15 nafar professor-o’qituvchi, jumladan, 5 nafar fan nomzodi – dotsent, 4 nafar katta o’qituvchi, 6 nafar assisent faoliyat ko’rsatib kelmoqda.Hozirgi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 33% ni tashkil etadi. Kafedra o’qituvchilari institut huzurida ochilgan biznes maktab va akademik litseylarda ham o’z bilimlarini yosh avlodga yetkazish bo’yicha samarali ish olib bordilar.
1981-1983 yillar davomida kafedra dotsenti Madraximov X.S. Afgoniston dagi Qobul universitetida “Oliy matematika” fanidan talabalarga saboq bergan. 1998 yilda kafedra dotsenti N.X.Raxmatov AQSH ning Nyu-Polts Universitetida malaka oshirishda bo’lib qaytdi.
2006 yil professor I.I.Safarov Moskva davlat universitetida malaka oshirib keldi.
“Oliy matematika” kafedrasida “Oliy matematika”, “Iqtisodchilar uchun matematika” va “Matyematik modellar va usullar” fanlari bo’yicha mashg’ulotlar olib boriladi.
Kafedra a’zolari o’quv-uslubiy ishlariga katta ahamiyat berib, ko’plab uslubiy qo’llanmalar tayyorladilar.
Dotsentlar X.S.Madraximov, SH.R.Mo’minov va A.G.Ganiyev tomonidan “Chiziqli algebra va analitik geometriya” fanidan o’quv qo’llanmasi tayyorlanib, 1989 yilda “O’qituvchi” nashriyotida chop ettirilgan. Kafedraning barcha o’qituvchilari ma’ruzalar matnlari to’plamlarini yaratish, matematika bo’yicha talabalarning mustaqil ishini tashkil etish, talabalar bilimini reyting tizimida baholashni takomillashtirish, matematika fanini o’qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyarni joriy etish muammolari bo’yicha oliy ta’lim va kasb-hunar ta’limi tizimi talabalari uchun 200 dan ortiq uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar tayyorladilar. Kafedrada “Matematikaning nazariy va amaliy muammolari” mavzusi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, G’.G’.Yunusov “Ochiq oqimlarning tarmoqlanish sohasidagi gidrodimanik muammolari”, I.I.Safarov “Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi”, M.X.Teshayev “Murakkab mexanik sistemasining nazariy yechimlari”, N.P.Rasulov va I.Q.O’rinov “Tasodifiy jarayonlar statistikasi”, X.S.Madrahimov “Matematik analiz”, R.T.Muxitdinov “Funksional analiz”, M.X.Teshayv va H.B.Ismatov “Mexanikaning nazariy asoslari”, M.I.Pulatova “Matematika tarixi” yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar va hozirda ham shu yo’nalishlarda kafedra tomonidan juda ko’p ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti.