Obodlik barchamizning vazifamiz!!!

Back to Posts
Posted by: Farrux To'raqulov Category: Yangiliklar Post Date: 07/08/2019

Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar. Qolaversa, qayerda obodlik, poklik bo’lsa o’sha yerda baraka bo’ladi. Shundan kelib chiqib Buxoro muhandislik texnologiya institutida ham hashar tashkil etildi. Institutning ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish ishlari bilan birgalikda oliygohning auditoriyalari, maxsus lobaratoriya xonalari, kafedralar, kutubxona, axborot-resurs markazi tozalanib tartibga keltirildi.  Shuningdek, institutning atrofi va hovlisidagi yashil maydon hududlarida bo’y cho’zib turgan daraxtlar oqlandi va qurigan shoxlari kesildi hamda hovlidagi mavjud yo’laklarning o’rnidan ko’chganlari boshqadan yotqizildi.

Buxoro muhandislik texnologiya institutida o’tkazilgan hashar institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari, xodimlari orasida ko’tarinki kayfiyat bilan o’tganini alohida ta’kidlash joiz. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga, talaba-yoshlar qalbida mehnatsevarlik tuyg’ularini shakllantirishga xizmat qiladi.

Back to Posts