Neft-kimyo sanoati texnologiyasi kafedrasi

ng Kafedra mudiri: Bozorov G’ayrat Rashidovich
 Tel: 0(595) 600-02-50
 E-mail: nkst@bmti.uz


«Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi» kafedrasi 2013 yil 15 apreldagi PQ-1954 “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to’g’risidagi” qarorga muvofiq “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” va “Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari” kafedralarining birlashishidan tashkil topgan. Kafedrani shu kundan boshlab, 2014 yil 2 yanvargacha texnika fanlari nomzodi B.Z. Adizov boshqardi. 2 yanvar 2014 yildan 20 iyul 2014 yilgacha kimyo fanlari nomzodi Q.Q. Sharipov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishladi. 20 iyul 2014 yildan hozirgi kungacha texnika fanlari nomzodi, dotsent G’.R.Bozorov kafedrani boshqarib kelmoqda.
Kafedrada 3 ta fan doktori-professorlar, 5 ta fan nomzodi – dotsentlar, 1 ta fan nomzodi, 4 ta katta o’qituvchi va 19 nafar assistent hamda o’rindosh o’qituvchilar talabalarga bilim bermoqdalar.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» dan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish maqsadida hamda yosh malakali mutaxassislarni tayyorlashda dots. G’.R.Bozorov, dotsentlar Q.K.Jumaev, S.F. Fozilov, N.N.Avliyakulov, fan nomzodlari B.J.Safarov, M.Z.Komilov, SH.N. Ataullaev, Q.Q.Sharipovlar, katta o’qituvchilar S.A.G’aybullaev, Sh.O. Toshev, A.A.Ochilov, S.S. Mirzaev va assistentlar H.O.Obidov, A.F.Xo’jaqulov, M.O.Sattorov, A.A.Yamaletdinova, Sh.Sh.Abdullaeva, O.B. Axmedova, B.R.Raximov, B.B.Raximov, L.R.Xaydarov, N.Sh.Yaxyoev, L.I.Tilloev, M.Ya.Xo’jjiev, Sh.K.Bakieva, N.S.Maxmudova, Z.V.Nurullaeva, A.Yu.Shomurodov kabi etuk olimlar va soha mutaxassislari zamon talablari darajasida talabalarga saboq berib kelmoqdalar.
«Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi» kafedrasida 2017-2018 o’quv yilida quyida ko’rsatilgan bakalavr yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o’quv jarayoni tashkil etildi:
5321400 – Neft– gazkimyo sanoati texnologiyasi
5111000 – Kasb ta’limi (Neft– gazkimyo sanoati texnologiyasi)
5A4321401 – Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar
5A311902-Neft va gaz konlari mashina va jixozlaridan foydalanish
5A320309-“Neft va gaz sanoati mashina va jixozlari mutaxassisliklari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning 4.14 – bandida ta’kidlanganidek, yukori malakali kadrlar tayyorlash va birgalikda soxaga oid dolzarb muammolarning ilmiy-texnolgik echimlarini yaratish xamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chikarish integraciyasini rivojlantirish xozirgi kunda kafedra a’zolari oldida turgan asosiy vazifadir.