Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi fakulteti

kt

Dekan: t.f.n. Ataullayev Sherzod Nabiullayevich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 0(365) 223-97-50
E-mail: ngkst@bmti.uz


1995 yildan boshlab Neft gaz sanoati fakulteti mustaqil ravishda tashkil topdi hamda, o’zining birinchi qaldirg’ochlarini 1999 yilda Neft va gaz sanoati korxonalari uchun oliy malakali mutaxassislar yetishtirib berdi. 1995 yildan «Neft va gaz ishi» va «Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi» yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar va 1999 yildan «Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiyasi», 2001 yildan «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar yetishtirib berilgan bo’lsa, 2008 yilga kelib fakultetda tayyorlanadigan bakalavr yo’nalishlari tarkibi birmuncha kengaytirildi ya’ni, «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish», «Neft va gaz konlarini geologiyasi va razvedkasi», «Neft va gaz quduqlarini burg’ulash», «Geologiya razvedka ishlarining texnikasi va texnologiyasi» hamda, «Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari» yo’nalishlari bo’yicha neft va gaz sanoatining turli tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlashga kirishildi.
2013 yil 15 apreldagi PQ-1954 “Buxoro mahandislik-texnologiya institutini tashkil etish to’risidagi” qarorga muvofiq “Neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi” fakul’teti tugatilib rektorning 2013 yil 27 iyun 26-U(07) raqamli buyrug’I asosida “Kimyoviy texnologiya” fakul’teti tashkil etildi va hozirgi kunda 2017 yil 7 avgustdan boshlab institut strukturasi o’zgartirilganligi sababli fakultet nomi “Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” fakulteti deb tashkil etildi.
“Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” fakultetida quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil oladilar.
5321400- Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
5230200- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
5111060- Kasb ta’limi (Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi)
5111000- Kasb ta’limi (Menejment)