“Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” fakulteti “17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni” ga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbiri

“Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” fakulteti “17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni” ga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbiri

2018 yil 17 noyabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-binosida “17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni” ga bag’ishlab bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, gurux murabbiylar kengashi raisi va gurux murabbiylari, gurux talabalari ishtirok etishdi.

Bayram tadbirini mazmunli o’tkazish maqsadida sanaga oid devoriy gazetalar tanlovi e’lon qilinib, fakultetning barcha guruxlari o’zlarining faol ishtirok etishdi.

Tayyorlangan devoriy gazetalarni jyuri a’zolari tomonidan qo’yilgan ballar asosida tegishli o’rinlar berildi va esdalik sovg’alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Tashkilotchilar:

Fakultet dekani dots. SH.N.Ataullaev

Gurux murabbiylar kengashi raisi dots. L.P.Muxamedjanova

Dekan o’rinbosari t.f.n. D.N.Xikmatov

Dekan o’rinbosari A.X.Xojiev

Dekan o’rinbosari O.I.Mirzakulov

Gurux murabbiylari va talabalar

На русском

На Туркменском