Monitoring va ichki nazorat bo`limi

Bo’limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakulьtetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini olib borish;Bajarilgan ishlar bo’yicha har chorakning 25-sanasigacha Vazirlikning Bosh boshqarmasiga va Hay’at kotibiga ma’lumotni taqdim etib borish;Har chorak yakunlari bo’yicha OTMda O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlarini bajarilishi monitoringi bo’yicha tahlili ma’lumotlar tayyorlash va Ilmiy kengash, rektorat yig’ilishlarida axborot berib borish;

Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo’lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish hamda OTM bo’yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni va moddiy-texnik bazasining monitoringini olib borish;

Professor-o’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifati nazoratini tashkil etish;

Ta’lim standartlari monitoringini tashkil etish masalalari bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;

Ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil etish va tartibga solib turish;

Oliy ta’limni boshqarish organlari (Vazirlik Hay’at yig’ilishi, OTM Ilmiy kengashi, rektorat yig’ilishlari)ga ta’limni isloh etish va takomillashtirish bo’yicha tahlili materiallar va takliflar tayyorlash;

OTMsi rektorining buyruqlari ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Ijro faoliyatini tahlil etish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy va uslubiy yordamlar ko’rsatish.