Blog

Mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar talabalar nigohida

2017 yil 23 yanvar kuni 14-15 MNDT guruh talabalari va ushbu guruh murabbiysi “Menejment” kafedrasi dotsenti Boboev Akmal Chorievich bilan hamkorlikda “Mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar talabalar nigohida” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Ushbu davra suhbatini o’tkazishdan maqsad, talabalar tomonidan mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar-tadbirkorlik madaniyati sohasidagi, turizm sohasidagi, tibbiyot sohasidagi, landshaft dizayni sohasidagi, transport sohasidagi, ekologiya sohasidagi, elektron hukumatsohasi oldidagi muammolarni ochib berish va shu muammolarni bartaraf qilish bo’yicha o’zlarining taklif va g’oyalarni davra suhbati orqali ko’nikmalarni hosil qilish.
Tadbirni “Menejment” kafedrasi mudiri dot.Ro’zieva D.I. kirish so’zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini davra suhbatining mazmun mohiyati, hozirgi kundagi mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar dolzarb masala va vazifa ekanligini aytib o’tdi.
14-15 MNDT guruh murabbiysi “Menejment” kafedrasi” dotsenti Boboev Akmal Chorievich so’zga chiqib, 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining «Mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilash»ga bag’ishlangan kengaytirilgan majlisi bo’lib o’tganligi, ushbu majlisda mamlakat Prezidenti o’z ma’ruzasida mavjud hal bo’lmagan muammolar va to’liq ishlatilmagan zaxiralarni batafsil va har tomonlama muhokama qilgan holda 2017 yildagi respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim strategik vazifalari va ustuvor yo’nalishlari bo’yicha taklif kiritganligini, ustuvor vazifalar qatorida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va sifatini, uning moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni faol davom ettirish masalalari markaziy o’rinni egallaganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni davra suhbati orqali talabalarga yetkazdi.
SHundan so’ng, 14-15 MNDT guruh faollaridan Izzatullaev Sobir “Tadbirkorlik madaniyati sohasidagi muammolar”, Nasrullaev Sardor va SHaripova Fazolatlar esa “Turizm sohasidagi muammolar”, Bekmurodova Feruza “Tibbiyot sohasidagi muammolar, Xusenov Baxtishod “Landshaft dizayni bo’yicha muammolar”, Sanoqulova Gulsanam “Transportdagi muammolar”, Kamolov Suhrob “Ekologik muammolar”, Ashurov Damir “Elektron hukumat tizimidagi holatlar” deb nomlangan o’zlarining taqdimotlarini davra suhbati orqali etkazishdi va savollarga ijobiy javob berishdi.
“Mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar talabalar nigohida” mavzusidagi davra suhbati qizg’in savol javob bilan davom etdi.
Tadbirning asosiy yutuqlari bo’lib, talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish, internet ma’lumotlaridan oqilona foydalanish, ma’naviy salohiyatini yuksaltirib borish, beparvolik va loqaydlikning oldini olish, mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo’lib yashashni o’rganish, mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga o’z hissalarini shakllantirish to’g’risidagi ko’nikmalarga ega bo’lishdi.




Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.