“Mintaqa iqtisodiyotining ustuvor soxa va tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish kontsepsiyalari”

“Mintaqa iqtisodiyotining ustuvor soxa va tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish kontsepsiyalari”

Buxoro muhandislik texnologiya institutida “Mintaqa iqtisodiyotining ustuvor soxa va tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish kontsepsiyalari” mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko‘rsatmoqda. Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Anjumanda shu jixatlarga alohida e’tibor qaratildi. Innovatsion rivojlanishning global indeksi mamlakatdagi innovatsion salohiyatni tahlil qilish uchun dastlabki bosilgan qadam bo‘ldi. Anjumanda ma’ruzachilar tomonidan Innovatsiyalarning global indeksi (The Global Innovation Index), bu – innovatsiyalar rivojlanganligi darajasiga oid ko‘rsatkich bo‘yicha global tadqiqot va unga hamrohlik qiluvchi jahon davlatlari reytingi. Indeks 81ta ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, ular iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida bo‘lgan dunyo davlatlarining innovatsion rivojlanganligini ta’kidlashdi. Ko’plab pedagog-xodimlar va talabalarning qiziqtirgan savollari bo’yicha aniq javoblar va  amaliy ko’rsatmalar berildi.