Mexanika kafedrasi

Kafedra mudiri : t.f.n. dotsent Ro’ziev Hoshim Ro’zievich
Tel:  8(365) 223-74-36
E-mail: mexanika@bmti.uz


 

 

 

Hurmatli do’stlar!

Bugun sizning oldingizdagi nafaqat mutaxassisligingiz balkim o’z hayot faoliyatingiz  yo’lini tanlash  tanlovi  turibdi!

Bizning kafedra Sizning kelajagingizni-qiziqarli, mazmunli, hamma vaqt  kerakli, ijodiy va innovacion kasb muxandis-quruvchi sifatida namoyon qilinishini  o’z zimmasiga olishga tayyor.

Qurilish-yangiliklarga boy va yuqori texnologiyali soha bo’lib, davlat va jamiyat qurilishining asosiy yo’nalishidir. Respublikamizda olib borilayotgan obodonchiliklar, qurilayotgan bino va inshootlar, sport  inshootlari, avtomobilь va temir yo’llar, yangi shaxarlar hamda qayta ta’mirlanayotgan ob’ektlar  barcha-barchasi xalqimizni faravonligi  uchun yaratilayotgan sharoitlardir.

Kafedraning shiori “O’z biliminga ishon”- biz kelajakni o’ylab, kimni qurilish ilmi va praktikasi  nafaqat bugungi kunda balkim,  5-10 yillardan keyin ham  kerak bo’lishi, bizning bitiruvchilarimiz kelajakni texnologik prioritetini  yaratuvchilar bo’lishlariga ishonamiz.

Sizlar o’zining boy tarixi bilan ajralib turadigan  Arxitektura-qurilish yo’nalishlarini tanlar ekansiz,o’zigi xos kasbiy  ananalarga ega, o’z sohasining etuk mutaxassislari bo’lgan olimlar jamoasiga shogird tushasiz, qachonki ular ma’ruza qilganda nafaqat bilim va tajriba balkim o’z qalblarini berishga tayyordirlar.

Buxoro muxandislik texnologi instituti Arxitektura-qurilish yo’nalishlariga marxamat!

Xalqaro hamkorlik

Ta’lim yo’nalishi  talabalariga KNAUF texnologiyalarini o’rgatish uchun 2017 yil 12 dekabrda O’zbekiston Germaniya qo’shma korxonasi IP OOO “KNAUF GIPS BUXARA” bilan  shartnoma tuzilgan.

BMTI va Moskva Davlat qurilish universiteti (NIU MGSU) ROSSIYa o’rtasida Hamkorlik shartnomasi 07.09.2017 yil,   NIU MGSU №369-193/07 va  2017-2018 o’quv yili uchun birgalikda ishlash rejasi tuzilgan. Rossiyaning qurilish sohasidagi eng etakchi universiteti bilan proqessor-o’qituvchilarning malaka oshirish, stajirovkasi va talaba almashinuvi yo’lga qo’yilmoqda.

PQ–1533 qarori asosida  institutning “Mexanika” kafedrasiga O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rejasiga binoan ajratilgan   Germaniyaning “DiChTe GmbH”  kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan  “Materiallar qarshiligi” laboratoriya jixozlari 2016 yil olib o’rnatilgan.

 

 

Shifr Ta’limyo’nalishi Jami
Jami Shujumladan Jami Shujumladan
O’zbek Rus O’zbek Rus
5340100 Arxitektura (turlaribo’yicha) 20 5 5 15 15
5340200 Binovainshootlarqurilishi (turlaribo’yicha) 50 15 15 35 35
5340500 Qurilishmateriallari, buyumlarivakonstruksiyalariniishlabchiqarish 50 10 10 40 40

5340100 –Arxitektura (bino va inshotlar) ta`lim yo`nalishi

Ushbu yo`nalish –fan va texnika sohadagi bakalavriat ta`lim yo`nalishi o`z ichiga arxitektura  qurilish sohasida, bino va inshotlar loyihalarini yaratish, obyektlarni barpo etish, shahar qurilishi va xo`jalik korxonalarini, binolarni ta`mirlash  va eksplutatsiya qilish bilan bog`liq majmuiy masalalarni yechishni qamrab oladi

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat  va fuqaro binolari)

Ushbu yo`nalish – fan texnika sohasidagi ta`lim sohasidagi ta`lim yo`nalishi bo`lib, u qurilish sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashda, kasbiy ko`nikmalarga, mutassadilik qobilyatiga yo`naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini o`z ichiga qamrab oladi.

5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari  va konstruksiyalarini ishlab chiqarish ta`lim yo`nalishi 

Ushbu yo`nalish – fan va texnika sohasidagi bakalavriyat ta`lim yo`nalishi bo`lib, qurilish materiallari, buyumlari va konsruksiyalarini  ishlab chiqarish , tayyorlash , tadqiq qilish, standartlashga yo`naltirilgan inson faoliyati vositalari majmuasini qamrab oladi.

ZAMONAVIY  YaNGI    LABORATORIYa   USKUNALARI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909- son Qaroriga asosan viloyatimizning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi va zamonaviy yangi korxonalarning ishga tushirilishi, “G’ijduvon” erkin industrial-iqtisodiy zonaning barpo etilishimunosabati bilan kadrlarga bo’lgan talab-ehtiyojlarni qondirish, istiqboldagi rejalarni amalga oshirish maqsadida, 2017-2018 o’quv yilida institutda yangi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari: bino va inshootlar qurilishi, arxitektura, qurilish materiallari, buyumlari  konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish, yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasita’lim yo’nalishlarida kadrlar tayyorlash asosiy vazifalardan etib belgilangan.

 

5340100 –Arxitektura (bino va inshotlar) ta`lim yo`nalishi

Ushbu yo`nalish –fan va texnika sohadagi bakalavriat ta`lim yo`nalishi o`z ichiga arxitektura  qurilish sohasida, bino va inshotlar loyihalarini yaratish, obyektlarni barpo etish, shahar qurilishi va xo`jalik korxonalarini, binolarni ta`mirlash  va eksplutatsiya qilish bilan bog`liq majmuiy masalalarni yechishni qamrab oladi

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat  va fuqaro binolari)

Ushbu yo`nalish – fan texnika sohasidagi ta`lim sohasidagi ta`lim yo`nalishi bo`lib, u qurilish sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashda, kasbiy ko`nikmalarga, mutassadilik qobilyatiga yo`naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini o`z ichiga qamrab oladi.

5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari  va konstruksiyalarini ishlab chiqarish ta`lim yo`nalishi 

Ushbu yo`nalish – fan va texnika sohasidagi bakalavriyat ta`lim yo`nalishi bo`lib, qurilish materiallari, buyumlari va konsruksiyalarini  ishlab chiqarish , tayyorlash , tadqiq qilish, standartlashga yo`naltirilgan inson faoliyati vositalari majmuasini qamrab oladi.

O’zbekiston Respublika Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash  bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–1533-sonli  qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarini o’quv laboratoriya uskunalari bilan jihozlash nazarda tutilgan.

OvaO’MT vazirligi rivojlantirish Fondi 2016 y. hisobidan  Buxoro muxandislik-texnologiya instituti “Mexanika” kafedrasiga “Materiallar qarshiligi” laboratoriya uskunalari ajratildi   va Germaniyaning DiChTe GmbH  firmasi maxsuloti keltirib o’rnatildi.

“Materiallar qarshiligi” laboratoriya uskunalari jami 16 ta bo’lib shundan 5 tasi kompyuterda boshqariladi va 11 tasidan mexanik usulda foydalaniladi.