Blog

MEHNATDA SINALGAN- ELDA AZIZ

 BUXORO MUHANDISLIK TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

“XORIJIY TILLAR” KAFEDRASI O’QITUVCHISI

F. NOROVA

       Tabiiyki, yurtimizda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqarayotgan inqirozga qarshi kurashish sharoitida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish, tomorqalardan yiliga ikki-uch marotabagacha hosil olish uchun katta imkoniyatlar bor. Ayniqsa, mamlakatimizda aholini oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash tizimi samarali yoʻlga qoʻyilgan.

Bu haqda gapirganda Prezidentimiz tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidlash joiz. Nega deganda davlatimiz rahbari bugun aholini asosiy oziq-ovqat turlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, oziq-ovqat narxi va sifati uygʻunligini taʼminlash boʻyicha tinim bilmay ish olib bormoqda. Xususan, respublikamizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan ilk kundanoq, virus tarqalishini cheklash, uning aholi hayoti va mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. Bir necha bor videoselektor yigʻilishlari oʻtkazilib, mutasaddilarga hosil va daromadni koʻpaytirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʻishlab, 8-aprel va 22-aprel kunlari oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlaridaMuhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bu masalaga alohida toʻxtalib, aholi bandligini ta’minlash va daromadi keskin kamayishining oldini olish masalalari bo’yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. Mazkur yigʻilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 216-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari bilan birgalikda Asaka, Angor, Jarqoʻrgʻon, Zangiota, Kitob, Namangan, Oltinkoʻl, Samarqand, Toyloq, Uychi, Quva va Yangiyoʻl tumanlarining tomorqa yer uchastkasidan bir yilda ikki-uch marotaba hosil yetishtirish va yuqori daromad olish tajribasini namuna sifatida respublikaning boshqa hududlariga joriy qilish choralarini koʻrish vazifasi yuklandi.

Mazkur hujjatning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unga koʻra dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalariga ixtiyoriy asosda biriktiriladi. Ayniqsa, klaster va kooperatsiyalarga biriktirilgan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga Prezidentimizning 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etildi.

Aytish oʻrinliki, hozirgi global inqiroz va pandemiya sharoitida aholi bandligi va daromadini taʼminlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlashda qishloq xoʻjaligi eng koʻp imkoniyatga ega soha hisoblanadi. Shu bois davlatimiz va hukumatimiz tomonidan dehqon va fermerlarga ichki bozorlarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash bilan birga eksportni hajmini oshirishi uchun ham barcha masalalar hal qilib berildi. Maqsad bitta — iqtisodiy foyda koʻrish bilan birga, xalq farovonligini oshirishdan iborat.

Shundan kelib chiqib, tumanlarda tashkil etilgan “Tomorqa xizmati” MCHJlari esa tuproq-iqlim sharoiti va suv bilan taʼminlanganlik holatidan kelib chiqib, qaysi turdagi ekinlarni ekish, parvarishlash, mahsulotni yigʻib olish va uni sotish boʻyicha amaliy yordamlar koʻrsatilyapti.

Oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, ayni damda barcha yurtdoshlarimiz ob-havo, iqlim injiqliklariga qaramay  bog’dorchilik, sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari yetishtirib, oila ehtiyojidan ortganini bozorga chiqarmoqda. Zero, xalqimizning “Yerni boqsang — yer ham seni boqadi”, degan purmaʼnoli hikmatli so’zi bor. Zamin halollik, eʼtiborni talab qiladi. Buxoro muhandislik texnologiyasi institutining 400-16 “Texnologik jihozlarga xizmat ko’rsatish” guruh bitiruvchi talabalari Teshayev Sardor, Fayzullayev Dilshod, Hafizov Ma’ruflar va 504-18 YTTUE guruhi zarbdor talabasiZaripov Bekzod o’zlariga biriktirilgan uy-tomorqa yeridan unumli foydalanib, meva va sabzavotlarni yetishtirib xalq dasturxonini to’ldirishga o’z hissalarini qo’shyaptilar.

Dasturxonimiz toʻkin-sochin, bozorlarimiz noz-neʼmatlarga toʻla va arzon, turmushimiz farovon boʻlishi ham ularning bugungi mehnatiga bogʻliq. “Agar bahorgi ekish ishlarini tezroq yakunlasak, bozorlarimizda mahsulot koʻp, narx-navolar esa arzon boʻladi”-deydi Sardorbek Teshayev.

 

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.