“Mega sport” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi

“Mega sport” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi

Buxoroda Oliy ta‘lim muassasalari o‘rtasida  “”Mega sport”” musobaqasining viloyat bosqichi o’tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi va qator tashkilotlar tomonidan yoshlarni ommaviy sportga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan musobaqada oliy talim muassasalari vakillari sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kuch sinashdi.  Ushbu sport bayramida Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Inavator” jamoasi ham faol ishtirok etib 2-o’ringa munosib deb topildi.