Blog

Maxmudxo`ja Bexbudiy tavalludining 145 yilligi

Buxoro Muxandislik-texnologiya instituti, “Yengil sanoat” fakulteti, “Yengil sanoat mashina va jihozlari” kafedrasi o`qituvchilar va talabalari ishtirokida Maxmudxo`ja Bexbudiy tavalludining 145 yilligiga bag`ishlangan “Ilmiy-manaviy me`ros va yoshlar tarbiyasi” mavzusida onlayn madaniy-marifiy tadbir o`tkazildi. Tadbirda kafedra o`qituvchilari, talabalari, “Yengil sanoat texnologiyalari” kafedrasi professor-o`qituvchilari, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o`qituvchilari va boshqalar mexmon bo`lib ishtirok etdilar va o`z fikrlarini bildirdilar. Tadbirni “YSM va J” kafedra mudiri Sh.X. Samiyeva ochib berdi, u o`zining fikrlarini bildirar ekan, u “Maxmudxo`ja Behbudiy XX asr bo`sag`asidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchanligining eng yirik namoyandasi, yangi davr o`zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyati g`oyasining yalavbardori, yangi maktab g`oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o`zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist”. Bo`lganligini yatib o`tdi. Shundan keyin prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning mutafakkirlarimiz haqidagi fikrlari videorolik tarzida qo`yildi.

Tadbirni “YST” kafedrasi mudiri Z.SH. To`xtayeva o`z so`zlari bilan davom ettirdilar. Maxmudxoj`a Bexbudiy tariximizning g`oyat va murakkab bir davrida yashadi. XVI asrdan boshlangan inqiroz va turg`unlik, o`zaro janjal, mahalliy urug`chilik nizolari millatni holdan toydirgan, imkondan foydalanib o`lkani zabt etgan Rusiya zo`r berib, uni turg`un saqlashga urinardi. Mana shunday bir sharoitda Vatanni butunlay yo`q bo`lish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma`rifat va boshlash jadidlar zimmasiga tushdi. Turkistonda “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi maktabni shular tashkil qilib, shularni birinchi bo`lib zamonaviy maktab g`oyasini ilgari surdilar.

Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o`qituvchisi Sh. Temirov, Maxmudxo`ja Bexbudiy mana shu Turkiston  jadidchilik harakatining asoschisi, boshlab beruvchisi edi. U 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinindagi Baxshitepa qishlog`ida, ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Bexbudxo`ja Solixxoja o`g`li turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxo`ja urgachlik bo`lib, amir Shohmurod zamonida (1785—1800) Samarqandga kelib qolgan. 1894 yilda otasi, imom-xatiblik bilan shug`ullanib kelgan Bexbudxo`ja vafot etadi.

Yosh Maxmudxo`ja tog`asi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qarmog`ida o`sib voyaga etadi. Arab sarfu nahvini kichik tog`asi Mulla Odildan o`rganadi. 18 yoshida qozixonada mirzolik qila boshlaydi. O`z ustida qunt ishlab, shariatning yuksak maqomlari-qozi, mufti darajasiga ko`tariladi. Yosh Maxmudxo`ja dunyoqarashining shakllanishida yosh Maxmudxo`ja dunyoqarashining shakllanishida Rusiya jadidichilik harakatining asoschisi Ismoilbek dunyoqarashining shakllanishida Rusiya jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gasprinskiyning xizmati kata bo`lgan. U 1892 yilda Turkistondagi maktablarni isloh qilish, “usuli savtiya”ni joriy etish taklifi bilan general-gubernator N.O. Rozenbaxga murojaat etadi. Javob olmagach, 1893 yilda o`zi Toshkentga keldi.

1899—1900 yillarda Behbudiy haj safariga boradi. Dunyo qurish izsiz ketmaydi. Safar yangi maktab haqidagi qarashlarini mustaxkamlaydi. Uning tashabbus va g`ayrati bilan 1903 yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi (S.Siddiqiy), Rajabamin (A. Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topdi. Ma`rifat ushun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq kerak. Millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo`lmoq lozim. Millat uchun oyna kerak, toki undan o`z qabohatini ham malohatini ham  ko`ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat  Behbudiyni teatr va matbuotga boshladi. “Padarkush” dramasi shu tariqa maydonga keldi. Biroq uning dunyo ko`rishi oson kechmadi. “Padarkush” dramasi 1913 yildagina bosilib chiqadi.

Bugun Behbudiy kabilar muqaddas tutgan yurt ozod va mustaqil bo`ldi. Ular jon fido etgan istiqlol avlodlariga nasib etdi. Ular Behbudiy kabilar muqaddas tutgan yurt ozod va mustaqil bo`ldi. Ular jon fido etgan  istiqlol avlodlariga nasib etdi. Millat va Vatan mustaqilligi yo`lida fido bo`lganlar esa shu Millat va Vatan umri qadar boqiydir.

Tadbir o`ta ko`tarinki kayfiyatda o`tdi.

 

  Z.S. Vafoyeva

Share this post