O‘quv-uslubiy boshqarma

Bosh sahifa O‘quv-uslubiy boshqarma

O‘quv-uslubiy boshqarma



  Bo‘lim boshlig‘i: Xojiyev Aziz Xolmurodovich

  • Qabul vaqti: Payshanba - Shanba (09:00-13:00 gacha)
  • Telefon: (+99890) 744-01-79
  • Email: azizhojiyev1979y@mail.ru
• Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
• Institutning o‘quv ishlarini boshqarish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi o‘rnatgan tartibda o‘quv rejalari va dasturlarga muvofiq o‘quv jarayonini tashkil qilish;
• O‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish borasida ishlarni tashkil etish;
• Zamonaviy baholash usullari orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qilishni tashkil etish. Mazkur nazorat natijalari asosida o‘quv tematik rejalarga aniqlik kiritish, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlash;
• Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan o‘quv rejalari va yuklamalarning bajarilishini nazorat qilish;
• Zamonaviy va ilgʼor tajribalarni oʼrganish va umumlashtirish;
• Fakultetlarda o‘quv jarayonining tashkil qilinishini o‘rganish, nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fakultet rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berish;
• Yosh o‘qituvchilarning malaka va tajriba orttirishni tashkil qilish;
• Professor-o‘qituvchilar tarkibi haqidagi maʼlumotlar bankini tashkil qilish;
• Institut professor-oʼqituvchilarining malaka oshirishini tashkil qilish borasidagi rejalarning bajarilishini nazorat qilish;
• Mutaxassislar tayyorlash boʼlimi bilan birgalikda institut bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash taqsimotida qatnashish;
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tasdiqlagan qoida asosida talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiy tarzda boshqarish va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
• Institut qabul hayʼati ishida ishtirok etadi, institutga qabul haqidagi axborotni shakllantirish va qabul natijalarini umumlashtirish;
• Fakultetlar va kafedralar ish faoliyatini oʼrganish, natijalarini umumlashtirish, kafedralar faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritish;
• Fakultetlar, kafedralarning yillik hisobotlarini qabul qilib olish.