Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi

Bosh sahifa Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi

Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi



Bo‘lim boshlig‘i:Tolipov Muhammadali Ulug'bek o'g'li

  • Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (09:00-16:00 gacha)
  • Telefon: (+99893) 474-48-84, (365)-223-74-52
  • Email:marketing0806@mail.ru
Institutda tayyorlanayotgan oliy ma'lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o'rganish asosida ma'lumotlar bazasini shakllantirish.
Bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o'z ichiga olgan holda ta'lim xizmatlari iste'molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo'lgan tashkilotlar - davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari ya h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to'liq ma'lumotlar bankini yaratish.
Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni oliy ta'lim muassasasining Kengashlarida muhokamaga qo'yish uchun kiritish, bu borada institutning tegishli bo'limlari bilan hamkorlik qilish.
Institut bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.
Ta'lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko'maklashish, yosh mutaxassislarga bo'lgan talab ko'rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real "buyurtmalar portfeli"ni shakllantirish.
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha raqobatli ta'lim xizmatlarining paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin bo'lgan xizmatlar bozori konyukturasining o'zgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yo'nalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
Oliy ta'lim tizimida marketing xizmati jarayonlarining tez o'zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o'zaro bog'liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (iste'molchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy ma'lumotli yosh mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini hududlar bo' yicha o'rganish.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik va aloqa o'rnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma'muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to'g'risidagi fikrlarini o'rganib borish.
Oliy ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash yo'nalishlari va ta'lim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etish. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlash bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini oliy ta'lim muassasasi kengashida muhokama qilish.
Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari bilan iste'molchi (buyurtmachi) korxonalar o’rtasidagi hamkorligini ta'minlash.
Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin bo'lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko'maklashish.
Belgilangan muddatlarda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga institutning joriy yildagi bitiruvchilari to'g'risida ta'lim yo'nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo'llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan ma'lumotlarni taqdim etib borish.
Mehnat bozori konyunkturasini o'rganish, qabul parametrlariga takliflarni iste'molchilarning bitiruvchilarga bo'lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yo'naltirish to'g'risidagi institutning ma'lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni o'z vaqtida vazirlikga taqdim etib borish.
Talabalar amaliyotini tashkil etish bo'yicha korxona, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish, shartnomalar imzolash hamda ta'lim yo'nalishi va mutaxassislikka mos korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini ta'minlash.
Talabalar amaliyotini tashkil etish bo'yicha ilg'or xorijiy va milliy tajribalarni o'rganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Korxonalar va tashkilotlar mutaxassislarga (qabul, bitiruvchi, amaliyot bo’yicha) bo’lgan istiqbolli ehtiyoji asosida axborotlar ba’zasini shakllantirish;
Ta'lim xizmatlari eksportini tashkil etish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.