Magistratura bo`limi

Bosh sahifa Magistratura bo`limi

Magistratura bo`limi



Bo‘lim boshlig‘i: Nizamov Aslitdin Badreddinovich

  • Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (09:00-16:00 gacha)
  • Telefon: (+99893) 383-18-38
  • Email: buhibkol@mail.ru
bo‘limda o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga bevosita rahbarlik qilish;
magistrlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini muvofiqlashtirish;
magistrlarning malakaviy amaliyotlari, loyihalari (ishlari), magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, ularning mustaqil ishlarini sifatli tashkil etilishini nazorat qilish;
magistraturaga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish.
Institutga magistratura mutaxassisliklariga qabul 1999-2000 o‘quv yilidan boshlangan bo‘lib, 2003-2004 o‘quv yiligacha mutaxassisliklar tegishli fakultet dekanatlariga qarashli bo‘lgan.
 2003 – 2004 o‘quv yilidan 2006-2007 o‘quv yiligacha “Magistratura bo‘limi” ni dots. Usmonov Axtam Usmonovich boshqargan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2007 yil 29 dekabrdagi № 269 – sonli buyrug‘iga asosan 2007 -2008  o‘quv yilidan “Magistratura bo‘limi” qaytadan tashkil qilinib, unga dotsent Shomurodov Toyir Ramazonovich boshliq etib tayinlangan. 2018 yildan hozirgacha magistratura  bo‘lim faoliyatiga prof. Nizamov Aslitdin Badreddinovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Magistratura bo‘limida o‘quv jarayoni talab darajasida tashkil qilingan bo‘lib, fanlarning o‘quv – uslubiy ta’minoti hamda moddiy – texnika bazasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tanlashda buyurtmachi talabi, mavjud ishlab chiqarish muammolari va ilmiy tomonidan asoslanganlik mezonlari asosiy omillar sifatida qabul qilingan.
Magistrantlar tegishli kafedralarning ilmiy – tadqiqot  ishlariga  to‘liq jalb qilinishlari  bilan bir qatorda kafedralarda laborant, kabinet mudiri hamda bakalavrlarga amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini soatbay, 0,25 yoki 0,5 hissa assistent lavozimlarida o‘tmoqdalar.
Bundan tashqari magistrantlar asosan 0,5 hissada Buxoro shaxrida joylashgan kasb – hunar maktablari, texnikumlar va ishlab chiqarish korxonalarida o‘z sohalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Magistraturani tugatayotgan bitiruvchilarning ko‘pchiligi  institutda qolib doktoranturada o‘qishni davom ettirish istagida.
Hozirda 25 ta mutaxassislik bo‘yicha 308 nafar talaba magistraturada ta’lim olmoqda. Shularning 231 nafari 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilari hisoblanadi.
Magistraturada o‘quv jarayoni O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi "Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"  36-sonli  Qarori bilan  tasdiqlangan  "Magistratura to‘g‘risida"gi  Nizom, 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son  buyrug‘i  bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat  qilish  va baholash  tizimi  to‘g‘risida”gi Nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi.