Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi

Markaz boshlig’i: t.f.n. dots. Tairov Baxtiyor Boboqulovich

Tel: 8(365) 223-91-22

E-mail: b.toirov@mail.ru

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi “Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi” O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 19 fevraldagi №57-raqamli buyrug’i asosida tashkil etilgan.
“Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi” O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”giqonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Xay’atining buyruq va qarorlari, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buyruqlari hamda o’z ustavi asosida faoliyat ko’rsatadi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi  PQ-1761-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi  №25-sonli qarori, 2012 yil 10 avgustdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi №242-sonli qarori va qaror ilovasi bilan tasdiqlangan  “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash to’g’risida Nizom” da belgilangan vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2-o’quv binosining 5-qavatida joylashgan. Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida jami 7 ta xonalar mavjud bo’lib, shulardan 3 ta ma’muriyat xonasi, 3 ta o’quv auditoriyalar, 1 ta kompyuter xonasidan iborat. Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi jami 33 ta kompyuter mavjud bo’lib, o’quv auditoriya xonalarida 30 ta kompyuterlar bo’lib, ulardan 25 tasi internet tarmog’iga ulangan, 2 ta videoproektor va 1 ta elektrondoska bilan jihozlangan. Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi tinglovchilariga ajratilgan yotoqxona “Buxoro muhandislik-texnologiya” instituti yotoqxonasining birinchi qavatida bo’lib  60 o’ringa mo’ljallangan. Yotoqxonada tinglovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish uchun davlat byudjetidan yillik parametrlari doirasida ajratilgan mablag’lar, shartnoma asosida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining pedagog kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan tushgan mablag’lar, xo’jalik faoliyatidan olingan mablag’lar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtirilgan. Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga mo’ljallangan 7 ta yo’nalishda malaka oshirish va pedagogik qayta tayyorlash kurslari bo’yicha faoliyat yuritadi.
I. O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarining maxsus  fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ustalari malakasini oshirish bo’yicha quyidagi sohalar mavjud:
1. Tikuv vatikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishtexnik-texnologi;
 2. Oziq-ovqat texnologiyasi;
 3. Axborot va kommunikatsion texnologiyalar tizimlarini ishlatish bo’yicha texnik;
4. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik mexanik;
5. Elektr jixozlari va tarmoqlarini montaj qilish va xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik-elektrik;
6. Mashinasozlik tizimlari va dastgohlik jixozlarini montaj qilish, sozlash, texnik xizmat ko’rsa-tish va ta’mirlash mexanigi;
7. Neft va gaz tashish va saqlash qurilmalari texnik-mexanigi;
II. “Pedagogik qayta tayyorlash”. Ushbu kursda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari pedagogik qayta tayoyrlashdan o’tkaziladi.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida nazariy, amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish jarayoniga malakali professor-o’qituvchilar  jalb etilgan. Ko’chma mаshg’ulotlarni o’tkazish uchun o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda yetakchi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.