Maktab bitiruvchilarini “Kasbga yo`naltirish” bo’yicha davra suhbati

2022 yilning 12-may kuni “Texnologik jarayonlarini boshqaruv tizimlari” fakul’teti “TJBAKT” kafedrasi dotsenti O.K. Salieva, dotsent v.b. Ҳ.X. Qobilov, katta o`qituvchi M.I. Abduraxmanova, assistentlar N.R. Sharipova va M.R. Adizovalar maktab bitiruvchi o`quvchilari orasida “Kasbga yo`naltirish” bo`yicha Buxoro tumani 39-umumiy o`rta ta`lim maktabida davra suhbati o`tkazishdi.
Tadbirda 39-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9, 11-sinf bitiruvchi o’quvchilari hamda maktab direktori o’rinbosari M.Obidova va maktab o’qituvchilari ishtirok etishdi.
Kafedra o’qituvchilari M.R. Adizova va N.R. Sharipovalar  oliygohdagi fakultetlar, yo’nalishlar va mutaxassisliklar to’g’risidagi prezentatsiyani videoproektor orqali namoyish qilishdi, M.I. Abduraxmanova, dots.v.b. Qobilov va M.R. Adizovalar taqdimot slaydlarini izohlab, batafsil ma’lumotlar berishdi.
Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.