Magistratura bo`limi

Institutga magistratura mutaxassisliklariga qabul 1999-2000 o’quv yilidan boshlangan bo’lib, 2003-2004 o’quv yiligacha bu mutaxassisliklar mos fakulьtet dekanatlariga qarashli bo’lgan.  2003 – 2004 o’quv yilidan 2006-2007 o’quv yiligacha “Magistratura bo’limi” ni dots. Usmonov Axtam Usmonovich boshqargan. Yana 2006-2007 o’quv yilida mutaxassisliklar tegishli fakultetlar dekanatlari tomonidan nazorat qilingan. O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2007 yil 29 dekabrdagi № 269 – sonli buyrug’iga asosan 2007 -2008  o’quv yilidan “Magistratura bo’limi” qaytadan tashkil qilinib, unga dotsent Shomurodov Toyir Ramazonovich boshliq etib tayinlandi va hozirgacha shu bo’lim faoliyatiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Magistratura bo’limida o’quv jarayoni talab darajasida tashkil qilingan bo’lib, fanlarning o’quv – uslubiy ta’minoti hamda moddiy – texnika bazasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tanlashda buyurtmachi talabi, mavjud ishlab chiqarish muammolari va ilmiy tomonidan asoslanganlik mezonlari asosiy omillar sifatida qabul qilingan.

Magistrantlar tegishli kafedralarning  ilmiy – tadqiqot  ishlariga  to’liq jalb qilinishlari  bilan bir qatorda bakalavrlarga amaliy  va laboratoriya mashg’ulotlarini soatbay, 0,25 yoki 0,5 hissa assistent lavozimlarida o’tmoqdalar.

Bundan tashqari magistrantlar  asosan 0,5 hissada Buxoro shaxrida joylashgan kasb – hunar kollejlarida va ishlab chiqarish korxonalarida o’z sohalari bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqdalar. Magistraturani tugatayotgan bitiruvchilarning ko’pchiligi  institutda qolib aspiranturada o’qishni davom ettirmoqdalar.