Blog

Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunning dolzarb masalasi

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida  bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan bir bo’lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko’plab mamlakatlarini  qamrab olmoqda. O’zbekiston Respublikasi ham Korrupsiyaga qarshi kurashga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo’yicha  keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo’lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf – Korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar Respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilmoqda.Ushbu masalada, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo’lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o’rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz.

Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha o’z ichki dasturlari bo’lishi shart”.Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, dunyo davlatlarida jamiyat rivojiga g’ov bo’layotgan Korrupsiya xavfiga qarshi kurashishni ta’minlashga qaratilgan bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar,

jumladan:

– Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi (N`yu-York, 1996 yil 12 dekabr`);

– Korrupsiya bo’yicha jinoiy javobgarlik konventsiyasi (Strasburg, 1999 yil 27 yanvar`);

– Korrupsiya bo’yicha fuqaroviy-huquqiy javobgarlik konventsiyasi (Strasburg, 1999 yil 4

noyabr`) va mazkur Konventsiyaga qo’shimcha protokol (Strasburg, 2003 yil 15 may);

– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konventsiyasi (2003 yil 31 oktyabr`) va boshqalar qabul qilingan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr` – Butunjahon Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu kunda BMTning “Korrupsiyaga qarshi konventsiya”ni tan olgan, a’zosi hisoblangan davlatlarda turli tadbirlar va aktsiyalar uyushtiriladi, plakat va varaqalar chop etiladi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasidagi axborotlar faollashadi. Xalqaro-huquqiy hujjatlar va milliy qonunchilik asosida, mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratildi.

 

“Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchilari

SH.B.Yusupova, N.S.Nosirova

Share this post