Blog

KORONAVIRUS PANDEMIYASI DAVRIDA RAQAMLI IQTISODIYOT SARI OLG’A QADAM

Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi butun jahon mamlakatlarini qiyin ahvolga solib qo’ydi. Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining tarqalishi natijasida hukumatimiz tomonidan bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi, sababi virus bilan bog`liq bu holat iqtisodiyotimizga salbiy ta’sir ko’rsatishi ehtimoldan yiroq emas. Hukumat tomonidan virus tarqalib ketishni oldini olish maqsadida qabul qilingan keskin qarorlar iqtisodiyotda o`z samarasini berishi tabiiy. Jumladan, 2020 yilning 3-aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezdentining ”Karonavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” gifarmoniimzolandi. Farmonga binoan barcha turdagi tadbirkorlar va hunarmandlarning huquqlari yetarlicha qo`llab-quvvatlandi. Tabiiyki, hozirgi holatda ko`rilayotgan zararni koronavirus  pandemiyasi bilan bog`liq vaziyat o`nglangandan keyin qoplash birmuncha vaqtni talab etadi. Jahon iqtisodiyotidagi vaziyat ham kundan kunga yomonlashib borayapdi. Ko’pchilik ekspertlar ikkinchi va uchinchi chorak to`liqligicha yirik pasayish bilan o`tishini bashorat qilishmoqda. Inqiroz holatida eksport bilan shug`ullanuvchi sohalar katta zararni qabul qilib oldi. Karantin holatida esa barcha xizmat ko`rsatish sohalari o`z faoliyatini cheklashga majbur bo’ldi. Bu esa iqtisodiyotga yetarlicha zarar yetkazishi ma`lum. Shu singari sayyohlik va turizm sohasida ham tabiiyki ayrim uzilish holatlari mavjud. Bu hol inson salomatligi bilan bogliq bo’lib, inson hayoti hamma narsadan ustunligini korsatmoqda. Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi bilan jiddiy siyosat olib bormayotgan, bu holatga e’tiborsizlik bilan qaragan davlatlar ahvoli  barchaga ayon bo’lmoqda, bu hol esa bo`lajak inqirozni kuchliroq kelishiga  zamin yaratmoqda, xolos. Nisbatan to`g`riroq yo`lni tanlash esa inqirozdan yengilroq o`tib olishga yordam berishi mumkun. Mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotga o`tar ekan, raqamli iqtisodiyotni ko`plab mamlakatlar iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllari nafaqat iste`molchilar bilan kommunikatsiya qilish va to`lovlarning yangi elektron raqamli shakllari balki barcha sohani qamrab olishni nazarda tutadi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi O`zbekiston uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobat bardoshligini belgilab beradigan strategik ahamyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish, axborot kommunikatsiyasining jamiyatning turli jabhalarida kendg qo’llanilishi masalalariga keng o’rin berilgan edi. Shu bilan birga, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqish va shu asosda “Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etish zarurligi ta’kidlab o’tilgan edi. Koronavirus pandemiyasi davrida aksariyat korxona va tashkilotlarning zaruriyat nuqtai nazaridan onlayn rejimga o’tishi mazkur jarayonni tezlashtirdi. Karantin muddatida barcha ta`lim sohalari, jumladan Oliy ta`lim muassasalari ham onlayn ta`lim,  ya`ni masofaviy ta`lim rejimiga o`tishdi va bu yo`nalishda maxsus platformalar yaratildi. Umuman olganda mamlakatimiz juda ko`p sohalarda onlayn hayot tarziga o`tishmoqda. Internet esa insonlar uchun kundalik zarur resurslar qatoriga  qo`shilib ularning haq-huquqlariga aylanmoqda va strategik resurs bo`lib bormoqda. Amalga oshishi qiyin bo`lgan onlayn rejim karantin vaqtida o`z-o`zidan amalga oshmoqda. Xulosa qilib aytganda, raqamli iqtisodiyotga o’tilishi jamiyatda barcha sohalarda imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Ahamyatli jihati shundaki bu nafaqat vaqtni tejaydi, balki axborotlashinuv holatini tezlashtiradi korrupsiyaning oldini oladi.

“Xorijiy tillar” kafedrasi

katta o’qituvchisi

Salomova M.Z.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.