Blog

Koronavirus infeksiyasi o‘zi nima?

Koronavirus infeksiyasi o‘zi nima?

Koronavirus infeksiyasi COVID-19 – Bu o‘tkir  respirator virusli infeksiya.

Asoratlari:

  • Virusli pnevmoniya
  • Hayot uchun xavf soluvchi o‘pkaning yallig‘lanishi yoki nafas yetishmovchiligi bilan, hamda o‘lim xavfi bilan kechadi.
  • Miokardit
  • Surunkali yurak yetishmovchiligi
  • YUQISH YO‘LLARI
  • Havo-tomchi (aksirganda yoki yo‘talganda, gapirganda bir insondan boshqa kishiga).
  • Havo-chang (havodagi mayda zarrachalari orqali)
  • Maishiy aloqadan ham bo‘lishi mumkin.

Kasallik belgilari

  • 90% hollarda tana haroratining oshishi
  • 80% hollarda quruq (ba’zida biroz balg‘am bilan) yo‘tal
  • 50% hollarda hansirash
  • 20% hollarda ko‘krak qafasida qisilish
  • Mialgiya

Yengil kechishida bemorlarda quyidagi belgilar kuzatiadi:

  • subfebril temperatura
  • yo‘tal
  • umumiy holsizlik
  • burun bitishi
  • tomog‘ida og‘riq

Yengil kechishida quyidagi belgilar kuzatimasligi lozim:

  • hansirash yoki nafas olishning qyinlashuvi;
  • nafas olishning qiyinlashuvi, balg‘am yoki qon tupurish bilan birgalikda kechishi;
  • Oshqozon ichak trakti tomonidagi belgilar, ko‘ngil aynishi, qusish va/yoki diareya;
  • ruhiy holatining buzilishi, es hushining qorong‘ulashuvi yoki tormozlanish.

Koronavirus asosan qaysi yoshdagi aholi qatlami uchun xavfli

Yosh Uchrash foizi
0-9 0 %

 

10-39 0,2 %

 

40-49 0,4 %

 

50-59 1,3 %
                60-69

 

3,6 %
               70-79 8 %

 

80 yosh va undan yuqori 14,8%

 

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki asosan keksa va qari yoshdagilar ko‘p kasallanishadi.

 

JSST  tashkilotining  yoshga  doir  tasnifi: (2019)

  • 25 – 44 – yoshlar
  • 44-60  – o’rta yosh
  • 60-75  – keksalar
  • 75-90  – qariyalar
  • 90 va undan kattalar – uzoq umr ko’ruvchilar
  • Qarilik bu yoshning taraqqiyotidagi qonuniy kirib keluvchi yakuniy davri, organizm rivojlanishidagi tabiiy va to’xtatib bo’lmas bosqichdir.
  • Qarishqonuniy, umumbiologik jarayon bo’lib, butun dunyoda kuzatiladi. Ko’pincha qarish qonunlari jismoniy hamda biologik ob’ektlar uchun umumiydir. Biologik ob’ektlar, shu jumladan insonga o’z-o’zini tiklash jarayoni xos – ya’ni yo’qotilgan elementlar va funkstiyalar o’rnini yangisi egallaydi.
  • Olimlar tavsiya qilgan tasnifga ko’ra, inson yoshi quyidagi turlarga bo’linadi:
  • Xronologik (kalendar) taqvim yoshi. Bu uslub yoshni aniqlashda eng oddiy va qulay hisoblanadi. Yoshning bu turi kalendar yillari bilan o’lchanadi, lekin u real qarish jarayonini ko’rsatib bera olmaydi.
  • Biologik (jismoniy) yosh. Bu odam organizmi a’zolari funkstional imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Yoshni aniqlashni bu uslubi haqiqiy qarish jarayonini va butun organizmning jismoniy holatini aniqroq ko’rsatadi, lekin uni aniqlash juda murakkabdir.
  • Ruhiy yosh. Bu yosh psixometr yordamida aniqlanadi va insonning intellektual va ruhiy holatini ko’rsatib beradi.
  • Biologik va kalendar yosh bir –biriga mos kelmasligi va 10-20 yilga farq qilishi mumkin. Ayrim hollarda vaqtdan oldin qarish –progeriya holati kuzatiladi. Ko’pincha ayrim kasaliklar (qandli diabet, arterial gipertenziya) bilan og’rish yoki noto’g’ri hayot tarzini (chekish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish) olib borish erta qarishga olib keladi.
  • Keksa va qari kishilarida turli tizimlaridagi o‘ziga xos o‘zgarishlar
  • Nafas tizimiidagi yoshga xos o`zgarishlar – Qarilarda ko`krak qafasi, nafas yo`llari, o`pka parenximasida, kichik qon aylanish doirasidagi tomirlarda o`zgarishlar kelib chiqadi: ko`krak kifozi rivojlanadi, ko`krak qafasi deformastiyalanadi, bochkasimon formani oladi, ko`krak qafasi harakatchanligi kamayadi, ko`krak qafasi mushaklarida distrofik o`zgarishlar kuzatiladi, ko`krak qafasi ekskursiyasi pasayadi, o`pka parenximasi elastikligini yo`qotadi.
  • Bronxlardagi o`zgarishlar: bronx ichi shilliq bilan to`ladi, mushak qavati atrofiyalanadi, kipriksimon epiteliy o`rniga qadaxsimon epiteliy o`sadi, yo`tal refleksi buziladi, bronxlar drenaj funkstiyasi pasayadi, bronxlarning epiteliy bezlari atrofiyasi natijasida peristaltika pasayadi.O`pka kapilyarlari zichlashadi va mo`rt bo`ladi, tomirlar o`zgarishi o`pka to`qimasining ozuqalanishini yomonlashtiradi, gazlar almashinuvi buziladi. Yosh ulg`ayishi bilan o`pkaning diffuziya qobiliyati pasayadi. Kislorodni yetkazib berish va karbonat angidridni chiqarish kqyinlashadi. Nafas markazininig karbonat angidridga nisbatan sezuvchanligi oshadi.
  • Yurak-qon tomir tizimiidagi yoshga xos o`zgarishlar –

Tomirlardagi o`zgarishlar: tomir devori elastikligi kamayadi, mushak intima qavatida atrofiya kuzatiladi, tomir intimasida xolesterin blyashkalari kuzatiladi, qon tomirlari torayadi. Gemodinamik o`zgarishlar: yirik tomirlardagi elastiklik kamayadi, tomirlardagi qarshilik kamayadi, tomirda arterial bosim oshadi, yurakning minutlik qon haydash  hajmi kamayadi, miokardning qisqarish qobiliyati pasayadi, miokard devorlari gipertrofiyasi kuzatiladi.

  • Hazm va gepatobiliar tizimiidagi yoshga xos o`zgarishlar –

Og`iz bo`shlig`idagi o`zgarishlar: tishlar sarg`ayadi,  mo`rtlashadi, so`lak bezlari kamayadi, tilning ipsimon so`rg`ichlari kamayadi, mimik va chaynash muskullari atrofiyalanadi, pastki jag` hajmi kichiklashadi (yuz suyagi atrofik o`zgarishga uchrashi natijasida), chaynash va yutish qiyinlashadi, tilda va labda yoriqlar paydo bo`ladi. Qizilungachdagi o`zgarishlar: qizilungach  uzayadi, ko`krak qafasidagi kifoz natijasida egriliklar rivojlanadi, sekretor hujayralar soni kamayadi, mushak to`qimasidan qo`shuvchi to`qima o`sadi, reflyuks chastotasi o`sadi, qizilungach  sfinkteri muskullarining tonusi pasayadi. Skelet mushaklari, qorin devori va birlashtiruvchi apparatning sustlashishi qorin bo`shlig`i a’zolarining  pastga tushishiga olib keladi. Oshqozondagi o`zgarishlar:  oshqozon hamma qavatlarining qalinligi kamayadi, fundal va pilorik bezlardagi sekretor hujayralar soni kamayadi, qon bilan ta’minlanishi buziladi, peristaltikasi pasayadi. Ichaklardagi o`zgarishlar: ichaklarning umumiy uzunligi uzayadi (asosan yo`g`on ichak kqsmlari hisobida), ichak devorlarida atrofik prostesslar natijasida uglevod, oqsil, yog` so`rilishi buziladi, ichak mikroflorasi o`zgaradi, kislota, sut hosil qiluvchi bakteriyalar  soni kamayadi, ichaklar peristaltikasi susayadi.

Jigardagi o`zgarishlar: 70 yoshdan keyin jigar vazni 150-200 gr, 80 yoshdan keyin 400-500 gr ga kamayadi, jigar venalarining intimasi sklerozi kuzatiladi, jigar funkstiyalari pasayadi, fagostitoz funkstiyasi pasayadi. O`t pufagidagi o`zgarishlar: evakuator –motor funkstiyasi pasayadi, o`t hajmi kamayadi, o`t pufagining yuqori va bo`yin qismi qisqaradi, pastki va tub qismi kengayadi (shu sababli qoldiq o`t qoladi, o`t yo`llari diskineziyasi bo`lib xolestistit rivojlanishiga sabab bo`ladi).

Siydik ajratish tizimiidagi o`zgarishlar: buyrak kanalcha sistemasida atrofiya vujudga keladi, nefronlar soni  ⅓ hissaga kamayadi, o`layotgan nefronlar biriktiruvchi to`qima bilan almashinadi,  qarilikda nefroskleroz rivojlanadi, buyrakning qon bilan ta’minlanishi o`zgaradi, koptokchalarda filtrastiya tezligi kamayadi, buyrakning azot, suv elektrolit ajratish funkstiyasi kamayadi, tez-tez siyish kuzatiladi, qovuq devori mushaklari sustlashadi.

  • Nerv sistemasining yoshga xos o`zgarishlari- qo`zg`alish va tormozlanish prostessi pasayadi, shartli reflekslar hosil qilinishi qiynlashadi, ish va faol qobiliyat pasayadi, xotira pasayadi, tez charchash kuzatiladi, vibrastion, temperatura, ogriq sezgilari pasayadi, akkomodastiya pasayadi.
  • Endokrin tizimiidagi yoshga xos o`zgarishlar – gormonal almashinuv buziladi, gipotalamus yadrolarining  neyrosekretor funkstiyalari pasayadi, qalqonsimon , oshqozon osti, jinsiy va buyrak usti bezlarida asinxron o`zgarishlar kuzatiladi. Xarakat-tayanch tizimiidagi yoshga xos o`zgarishlar
  • -umurtqa pog`onasi osteoxondrozi tufayli skolioz, kifoz kelib chiqadi, bo`yi pasayadi, suyaklar elastikligini yo`qotib, mo`rtlashadi.

Keksa va qari yoshdagi aholi orasida shunga xos tizimlardagi o‘zgarishlar ularning turli kasalliklarga tez chalinishlariga olib kelishi mumkin.

Koronavirus  infeksiyasi  profilaktikasi

Yuqish yo‘llarini  cheklash

  • Keksa va qariyalarni jamoat joylariga chiqarmaslik
  • Uyda ota-onalaringiz, buvi, buvajonlaringiz uchun doimo g‘amxo‘rlik qiling.
  • Ularning uyida hamisha oziq-ovqat, hamda dori darmonlaridan xabardor bo‘ling.
  • ESLATIB QO‘YING
  • Qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvish (20 soniya ) davomida
  • Kir qo‘l bilan yuz sohasiga teginmaslik
  • Ko‘chada tibbiy niqoblardan foydalanish
  • Uyni tez tez shamollatish va namlantirib turish
  • O‘RVI belgilari bo‘lgan insonlar bilan muloqotda bo‘lmaslik
  • Uy hayvonlari bilan muloqotdan so‘ng qo‘llarni yaxshilab sovunlab yuvish
  • Kasallik belgilarini o‘zlarida aniqlaganlarida tibbiyot xodimlariga qo‘ng‘iroq qilish.
  • O‘z sog‘liklariga e’tiborli bo‘lish (immunitetni ko‘taruvchi oziq ovqatlar iste’mol qilish, doimiy badan tarbiya mashg‘ulotlarini olib borish)

Yaqinlaringizni asrang azizlarim

BAXT nima deb so‘rashsa — bu ko‘z oldimga keladigan tasvir OTA-ONAM

 

Buxoro davlat tibbiyot instituti,  Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi, assistentiG.H Rajabova, 

 Buxoro muhandislik texnologiya instituti, “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” fakulteti Yоshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini D.X.Bozorov

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.