Blog

[:uz]Ko’hna obidalar-tarixiy merosimiz[:]

[:uz]

Toshev Sh.O., Sattorov M.O.
NGKST kafedrasi o’qituvchilari

2017 yil 27 noyabr  kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti  “Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” kafedrasi o’qituvchilari  Sh.O.Toshev va M.O.Sattorovlar rahbarligida 8-14 NGKST guruhi talabalari bilan Buxoro shahridagi tarixiy obidalarga tashrif amalga oshirildi.

Talabalar Buxoro amirligining qishki saroyi bo’lmish Ark qo’rg’oniga, Minorai Kalon, Masjidi Kalon, Mir Arab madrasasi kabi tarixiy obidalarning tarixi, bugungi kunga qadar ular bilan sodir bo’lgan voqealar bilan tanishishdi.

Buxoro madaniy merosini o’rganish ilmiy tadqiqot markazi rahbari Komil Ikromov tarixda yurtimizga bostirib kirgan bosqinchilarning   ko’hna obidalarimiz va xalqimizga nisbatan bo’lgan munosabatlari, mohir ustalarimizning iste’dodi, xalqimizning tarixiy merosimizga nisbatan mehri, vatanparvarlar tomonidan obidalarimizning saqlanib qolishi haqidagi qimmatli ma’lumotlarni aytib o’tdi.  Shuningdek, Minorai Kalon yonida joylashgan bino ichida mavjud madaniy meroslar haqida chuqur ma’lumot berdi.

Minorai Kalon yonidagi Buxoro madaniy merosi galereyasidagi eksponatlar, ularning tarixi, qadimiy Buxoroning va Kampir Qal’aning xaritasi, diniy yodgorliklarimizning sirli hikmati, yangi topilgan yer osti yo’li talabalar va o’qituvchilarda katta taassurot qoldirdi. Bu tarixiy obidalarga ilgari kelingan bo’lsa-da, bu tashrif boshqacha, kishida vatanga, milliy qadriyatlarga, ajdodlar merosiga yangicha muhabbat uyg’otadigan  bo’ldi.

[:]

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.