Blog

Kitobxonlik inson ma’naviyati ko’zgusi

Kitobxonlik prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusdan biri ekanligi bejiz emas. Chunki kitob inson kamolotining sarchashmasi, ilm bo‘stonining nuri, tafakkur ko‘zgusi sanaladi. Shu bilan birga u insoniyat ongli hayoti va ma’naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. Kitob – bepoyon olam: bag‘ri keng, osmoni baland, tubi teran… Bizdan burungi zamonlarda, uzoq va yaqin o‘tmishda yashagan insonlar o‘zlarida va atrofdagilarda kechgan jami zavq-shavq hamda lazzat, ilm-hunar gavharini o‘zlaridan keyingi avlodlarga me’ros bo‘lsin deya kitob sahifalariga muhrlab ketganlar.
Kitob asrlarni-asrlarga, zamonlarni-zamonlarga, rishtalarni-rishtalarga ulovchi vosita. “Kitobsiz xonadon jaholatga o‘xshaydi”,degan ekan bir donishmand. Lekin to‘g‘ri kelgan kitobni o‘qish ham yaramaydi. Chunki buning bir qator sabablari bor. Avvalo, insonning umri barcha kitoblarni o‘qishga yetmaydi. Bundan tashqari, duch kelgan asarni o‘qib ketaverish kishining saviyasiga, uning dunyoqarashining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.

Kafedramiz jamoasi 2020 yil 16-iyun kuni intitutimiz 2-talabalar turar joyida yashayotgan Turkmanistonlik talabalar  bilan Kitobxonlik inson ma’naviyati ko’zgusi” mavzusida davra suhbati o’tkazdi. Davra suhbatini kafedra ingliz o’qituvchisi X.B.Quvondiqova ochib berdi. U kishi pandemiya davrida vatandan va oilasidan uzoqda yashayotgan vaqtda kitob ular uchun eng yaxshi hamroh ekanligini ta’kidlab o’tdilar.

Talabalarga bo’sh vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun kafedramiz o’qituvchilari tomonidan kitoblar sovg’a qilindi. Tadbir doirasida shuningdek, «Mushoira» ham o‘tkazilib, insonni xayolot olamining olis manzillariga yetaklab, qalblarga o‘zgacha iliq hislar uyg‘otuvchi sara misralar talaba va o’qituvchilar tomonidan o‘qib eshittirildi.  Tadbirning asosiy maqsadi o’quvchilarni kitobsevarlikka undash ularni kitobga bo’lgan muhabbatini yanada oshirishdir. Talaba yoshlarni pandemiya davrida “Uyda qolib, kitob mutolaa qilishga” da’vat etamiz. Zero, kitob – inson ma’naviyati ko’zgusi.

“Xorijiy tillar” kafedrasi

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.