“KITOB VA MUTOLAA – MENING HAYOTIMDA” NOMLI TADBIR O’TKAZILDI

“KITOB VA MUTOLAA – MENING HAYOTIMDA” NOMLI TADBIR O’TKAZILDI

2018 yil 6-7 noyabr kunlari Buxoro muhandislik texnologiya instituti Axborot – resurs markazida “ Kitob va mutolaa – mening hayotimda” nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirdan “Yashayotgan mutolaa: Men o’qigan birinchi kitob…”mavzusida davra suhbati va “Oltin sahifa” MCHJ korxonasining eng yangi, eng yaxshi  ilmiy – ommabop, siyosiy, badiiy va ensiklopedik adabiyotlaridan tashkil topgan “ Kitoblar aksiyasi” tadbirlari keng o’rin oldi. Tadbirda O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o’rinbosari U.A.Teshabaeva boshchiligida bir guruh mehmonlar ham tashrif buyurishdi. Bunday tadbirlarni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad: Hozirda hammamizning oldimizda juda muhim  ahamiyatga ega bo’lgan masala – kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo’lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini oshirishdan iboratdir.