Kimyoviy texnologiya kafedrasi

ktk

Kafedra mudiri: t.f.n. Hayitov Ahror Ahmadovich
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: ktt@bmti.uz


Hayitov Ahror Ahmadovich 1966 yilda tug’ilgan, millati – o’zbek. 1990 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining “Charm va mo’yna texnologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. Ish faoliyatini 1991 yildan “Charm va mo’yna texnologiyasi” kafedrasi o’quv ustasi lavozimida boshlagan. 1992 yildan shu kafedra assistenti. 2000 yildan katta o’qituvchisi. 2001 yil 7 iyulda O’zbekiston Respublikasining “Fan va taraqqiyot” ilmiy – texnologik kompleksi huzuridagi ixtisoslashgan kengashda “Sozdanie novix effektivnix kollagen – polimernix kompozitsiy iz kojevennix otxodov dlya napolneniya koji razrabotka ix texnologiy» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2005 yil 2 sentyabrdan boshlab “To’qimachilik va texnologiyasi” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Uning hammuallifligida bakalavriat yo’nalishi talabalari va magistrlarga o’tiladigan fanlardan 3 ma’ruzalar matni, 6 ta uslubiy ko’rsatma va kasb – hunar kollejlari talabalari uchun 1 ta o’quv qo’llanma chop qilingan. Hayitov A.A “To’qimachilik, yengil va qog’oz sanoati buyumlari kimyoviy texnologiyasi” bakalavr yo’nalishi talabalariga va “Charm va mo’yna texnologiyasi” mutaxassisligi magistrlariga “Tarmoq kimyosi va texnologiyasi”, “Charm mo’yna kimyosi va texnologiyasi”, “Qorako’l mo’yna olish texnologiyasi” fanlaridan ma’ruza va tajriba mashgulotlarini olib boradi. Mashg’ulotlarni o’qitishning inter- faol usullaridan foydalanib, yuqori saviyada olib boradi. Talabalarning yuqori reyting ko’rsatkichlariga erishuvini ta’minlab kelmoqda. Hayitov A.A kafedraning moddiy – texnika bazasini mustahkamlash borasida sezilarli ishlarni amalga oshirmoqda. Hayitov A.A fakultet va institut miqyosida tashkil qilinadigan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashadi. Talabalar turar joyida kafedra o’qituvchilari bilan muntazam ravishda qiziqarli mavzularda tadbirlar uyushtiradi. U rostgo’y va kamtarin inson, kollektiv o’rtasida hurmatga sazovordir. Unga topshirilgan har qanday ishni a’lo darajada bajaradi. Barkamol yosh avlodni tarbiyalashda o’z mehnatini ayamaydi.
O’QUV ISHLARI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil maydagi 1533 – sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro oziq – ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik – texnika institutiga aylantirish to’g’risida” gi 2011 yil 25 iyundagi 213 – son qaroriga binoan Institutning nomi “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik – texnika instituti”ga o’zgartirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.2013 yildagi PQ 1954-sonli qaroriga va OvaO’MTVning 16.04.2013 yildagi ?124 sonli “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan “Kimyoviy texnologiya” fakulteti tarkibida yangi “Kimyoviy texnologiyalar” kafedra tashkil etildi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan qaror va buyruqlarni amalga oshirish yuzasidan kafedra dasturi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda kafedra texnika fanlari nomzodi, dotsent Hayitov Ahror Ahmadovich tomonidan boshqarilmoqda. Kafedrada quyidagi yo’nalishlar bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan:

   5522300 – “To’qimachilik, yengil va qog’oz sanoati buyumlari kimyoviy texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’qitiladigan fanlar tarkibi:

  1.  Metrologiya va standartlash
  2.  Polimerlar fizikasi va kimyosi
  3.  Texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari
  4.  Bo’yovchi moddalar kimyosi
  5.  Umumiy kimyoviy texnologiya asoslari
  6.  Tolali polimer materiallar va charm mo’yna ishlab chiqarish kimyoviy texnologiyasi va jihozlari
  7.  Tarmoq texnologiyasining maxsus boblari
  8.  Tolali polimer materiallar va charm mo’ynaga kimyoviy ishlov berish korxonalarini loyihalash
  9.  Tarmoq kimyosi va texnologiyasi
  10.  Tarmoq korxonalari jihozlari

   5320400 – «Kimyoviy texnologiya» (kauchuk va rezina kimyoviy texnologiyasi bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’qitiladigan fanlar tarkibi:

  1.  Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash asoslari
  2.  Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar
  3.  Umumiy kimyoviy texnologiya
  4.  Texnologik jarayonlarni modellashtirish asoslari
  5.  Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish asoslari
  6.  Soha materialshunosligi
  7.  Yuqori molekulali birikmalar kimyosi va fizikasi
  8.  Elastomerlar strukturasi va kimyosi
  9.  Rezina mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari va jihozlari
  10.  Rezina qorishmalari iishlab chiqarish texnologiyasi
  11.  Rezina texnika mahsulotlari va shina ishlab chiqarish texnologiyasi

   5320400 – «Kimyoviy texnologiya» (yuqori molekulali birikmalar, plastamassa va elastomerlar kimyoviy texnologiyasi bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’qitiladigan fanlar tarkibi

  1.  Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash asoslari
  2.  Asosiy tenologik jarayon va qurilmalar
  3.  Umumiy kimyoviy texnologiya
  4.  Texnologik jarayonlarni modellashtirish asoslari
  5.  Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish asoslari
  6.  Soha materialshunosligi
  7.  Yuqori molekulali birikmalar kimyosi va fizikasi
  8.  Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar
  9.  Polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi
  10.  Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar korxonalari jihozlari

   5111000 – Kasb ta’limi (5610600 – Xizmat ko’rsatish texnika va texnologiyasi (Hizmat sohalari bo’yicha)) ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’qitiladigan fanlar tarkibi:

  1.  Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash
  2.  Umumiy kimyoviy texnologiya asoslari
  3.  Polimerlar fizikasi va kimyosi
  4.  Tarmoq materialshunosligi
  5.  Tarmoq texnologiyasida qo’llaniladigan kimyoviy materiallar
  6.  Kasb mahorati
  7.  Tarmoq xom ashyolariga birlamchi ishlov berish
  8.  Tarmoq servisi texnika va texnologiyasi
  9.  Servis xizmatini ko’rsatuvchi tarmoq korxonalarni loyihalash
  10.  Charm va mo’yna mahsulotlarini ta’mirlash
  11.  Tarmoq korxonalari jihozlari
  12.  Qorako’l terilariga ishlov berish texnologiyasi

   5140900 – Kasb ta’limi (5810300 Servis (Shaxsiy buyurtmalar bo’yicha teridan buyumlar tayyorlash va ularni ta’mirlash) ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’qitiladigan fanlar tarkibi:

  1.  Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash
  2.  Umumiy kimyoviy texnologiya asoslari
  3.  Polimerlar fizikasi va kimyosi
  4.  Tarmoq materialshunosligi
  5.  Tarmoq texnologiyasida qo’llaniladigan kimyoviy materiallar
  6.  Kasb mahorati
  7.  Tarmoq xom ashyolariga birlamchi ishlov berish
  8.  Tarmoq servisi texnika va texnologiyasi
  9.  Servis xizmatini ko’rsatuvchi tarmoq korxonalarni loyihalash
  10.  Charm va mo’yna mahsulotlarini ta’mirlash
  11.  Tarmoq korxonalari jihozlari
  12.  Qorako’l terilariga ishlov berish texnologiyasi

Hozirgi kunda kafedra tomonidan ko’plab mutaxassis xodimlar tayyorlanib, ular viloyatimiz va espublikamizning kasb-hunar kollejlarida, charm va mo’yna ishlab chiqarish korxonalarida, servis xizmatini ko’rsatish korxonalrida, yengil sanoat korxonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmokdalar.