Kelajagim o‘z qo‘limda – targ`ibot ishlari amalda

Kasb tanlash katta hayot yo‘lidagi eng muhim qadamdir. Ba’zi yoshlar ko‘p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish damlari yaqinlashganda, «Men kelajakda shu sohaning mutaxassisi bo‘la olamanmi, bunga mening bilimim va iqtidorim yetadimi?» — deb o‘ylanib qoladilar. Asosiysi, yoshlar to‘g‘ri yo‘lni tanlash o‘z hayotlari oldida juda katta mas’uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo‘lgan kasb sirlarini egallashga intilishlari zarur.   
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi o`qituvchilari tomonidan Buxoro viloyatining Olot tumanidagi bir qator umumta`lim maktablarida bitiruvchi sinf o`quvchilarini kasbga yo`naltirish maqsadida “Kelajagim o‘z qo‘limda” tadbiri o‘tkazildi. Bunda yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha Respublikada joriy qilingan tizim haqida to‘liq ma’lumot berilib, institutda mavjud barcha yo‘nalishlar, jumladan qo`shma ta`lim dasturi bo‘yicha targ`ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Bitiruvchi yoshlarga institut va kafedra faoliyati bilan tanishtiruvchi videorolik namoyish etildi. Tadbir yakunida o`quvchilar qiziqtirgan savollariga asosli javoblar olishdi.