Kasbiy ta`lim kafedrasi

ijKafedra mudiri: p.f.n. G’afforov Alisher Xolmurodovich
Tel: 0(593) 624-78-00
E-mail: kasbiy_ta`lim@bmti.uz


Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Kengashining 2017 yil 7 avgust kunidagi 9-sonli yig‘ilish qarori ijrosini ta’minlash, tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini tashkiliy tuzilmaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida tashkil etish va bu borada yuzaga kelgan munosabatlarni qonun hujjatlari asosida tartibga solish maqsadida, institut Ustavining 38-bandiga asosan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Kengashining 2017 yil 7 avgust kunidagi 9-son yig‘ilishi qarori ijro uchun qabul qilingan, institutning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan. Institutning yangi tashkiliy tuzilmasiga ko‘ra “Kasbiy ta’lim” kafedrasi tashkil qilindi.
Kafedra faoliyati kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun mutaxassislik fanlaridan pedagoglar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Kafedrada «Pedagogika», «Psixologiya», “Kasbiy pedagogika”, “Kasbiy psixologiya” «Pedagogik mahorat», «Pedagogik texnologiyalar», «Ta’lim texnologiyalari», «Kasb ta’limi metodikasi» kabi pedagogik sikl fanlari o’qitiladi, shuningdek pedagogik amaliyotga rahbarlik amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, kafedrada BuxMTIning barcha kasbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi, talabalarning kurs ishi va loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik amalga oshiriladi.

Kafedrada “Kasb ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash amalga oshirilayotgan bakalavriat yo‘nalishlari:

5111011 Kasb ta’limi: dizayn
5111026 Kasb ta’limi: menejment
5111030 Kasb ta’limi: oziq-ovqat texnologiyasi
5111059 Kasb ta’limi: yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari
5111060 Kasb ta’limi: neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi

Shulardan    5111011-Kasb ta’limi: dizayn va 5111030-Kasb ta’limi: oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishlariga qabul 2017-2018 o‘quv yilida birinchi marta amalga oshirildi.

Kafedrada 2017/2018 o’quv yilidan boshlab  ikkita magistratura  mutaxassisliklariga qabul amalga oshirildi.

5A111001 Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi: yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari
5A111001 Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi: texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari

2017-2018 o‘quv yilida kafedraning asosiy shtatida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar soni – 16 kishi bo‘lib, ulardan 5 ta fan nomzodi, dotsentlar, 4 ta katta o‘qituvchi va 7 ta assistentlar.

Kafedrada faoliyat ko’rsatgan barcha professor-o’qituvchilar malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o’tagan, ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb qilingan. Kafedrada pedagogik, psixologik fanlar mazmunini takomillashtirish, pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish, talabalarning individual – psixologik xususiyatlarini chuqur o’rganish, malakali muxandis – pedagoglar tayyorlash sohalarida qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Kafedra bo’yicha A.X G’afforov. «Maxsus fanlarni pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’qitishning nazariy-uslubiy asoslari», M.X. Murodova «Kasb – hunar kollejlari o’quvchilari o’quv faoliyatini shaxsga yo’naltirilgan ta’lim sharoitida loyihalash», Z.D. Hasanova «Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarida axloqiy-estetik dunyoqarashni rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti» kabi mavzularda, Sayfullayeva  D.  “Jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashda maxsus fanlarni individuallashtirishgan yondashuv asosida o‘qitish (Tana a’zolarida nuqsonlari bo‘lgan yoshlar misolida)” kabi mavzularda ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

NATIJALAR VA MUVAFFAQIYATLAR

O‘tgan qisqa vaqt davomida (2017) yilda kafedra  kafedra professor–o’qituvchilari tomonidan jami 1 ta monografiya, 13 ta xalqaro jurnallarda, 1 respublika jurnallarida maqolalar, xalqaro anjumanlarda 1 ta, Respublika anjumanlarida 39 ta, jami 55 ta ilmiy ishlar chop etilgan.