Kasbim – Kelajagim

Jamiyat taraqqiyotida barcha kasb-hunar va mutaxassislik sohalari o‘z o‘rniga ega. Ular qatorida jadal sur’atda rivojlanib borayotgan iqtisodiyot yo‘nalishlarida mutaxassislarni tayyorlash ham muhim ahamiyatga molik. Buxoro muhandislik-texnoligiya instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi respublikamizda tarmoqlar va sohalar bo`yicha iqtisodchi kadrlar tayyorlaydi.
Amalda “iqtisodchilar qayerda ishlaydi” degan savolga “hamma joyda” deb javob berish mumkin. Iqtisodchi – moliyaviy, ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlar sohasidagi mutaxassis bo’lib, korxona faoliyatini rejalashtirish, rivojlantirish va takomillashtirishga yordam beradi. Iqtisodchining vazifasi tashkilotning mehnat faoliyati samaradorligini va uning rentabelligini oshirishga, moddiy, moliyaviy va moliyaviy resurslardan optimal foydalanish orqali eng yuqori natijalarga erishishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir. Iqtisodchilar har qanday ishlab chiqarishda, har qanday firmada kerak.
2022 yil 29 aprel kuni «Iqtisodiyot» kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilari dotsent Xasanova G.D., katta o‘qituvchilar Rasulova N.N., Jumaeva Z.Q. Buxoro shahridagi 34-umumta`lim maktabida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Kasbim – kelajagim” mavzuida suhbat tashkillashtirishdi. Suhbat davomida 2022-2023 o‘quv yilida Buxoro muhandislik-institutiga o‘qishga hujjat topshirish va o‘qish masalalari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Bunda o`quvchilarga iqtisodiyotning jamiyat hayotidagi o`rni, iqtisodchi kadrlarning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi roli to`g`risida fikrlar bildirildi. Jumladan “Iqtisodiyot” kafedrasi va uning faoliyati bilan tanishtirish maqsadida namoyish etilgan kafedra videoroligi o`quvchilar orasida katta qiziqish uyg`otdi.