Blog

Karantin sharoitida talabalarimiz

“Mexanika asoslari va YTT” kafedrasi o’qituvchilari: Muzafarova N.G. Bo’ronov S.A.

Bugungi kunda mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, jumladan, koronavirus infektsiyasi tarqalishining barvaqt oldini olish hammamizning muhim vazifalarimizdan biridir. Buning uchun bizdan talab qilinadigan muhim fazifalarimizga quyidagilar:

keskin zarurat boʻlmaganda talabalarni koʻchaga chiqishlari tavsiya etilmaydi, aks holda patrul xizmatlari sizni koʻchada yurganingizda toʻxtatib koʻchaga chiqish sabablarini soʻrashga xaqli. Agar sababsiz yurganingizni bilsalar, ular sizga ogohlantirish berib uyingizga qaytarib yuboradilar;

yaqin qarindoshlar, bular ota-ona, aka-uka, turmush oʻrtogʻi va farzandlaringizdan tashqari koʻchalarda 3 dan ortiq odam toʻlansa bu ham karantin qoidasini buzish hisoblanadi;

shaxsiy avtotransport vositangizda, hukumat komissiyasi tomonidan eʼlon qilingan va maxsus stikeri mavjud transport vositalaridan tashqari, koʻchada harakatlansangiz karantin qoidasini buzgan hisoblanasiz;

koʻchada yoki transport vositasida tibbiy niqobsiz boʻlish karantin qoidasini buzish hisoblanadi;

Karantin qoidasini buzganlar MJtKning 54 moddasi bilan javobgarlikka tortiladilar.

Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi dunyo hamjamiyatiga jiddiy xavf solmoqda. Mazkur pandemiya nafaqat insonlarning hayoti va sogʻligi, balki davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga xavf tug’dirmoqda va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga sababchi boʻlmoqda. Mamlakatimizda ham bu borada zarur choralar ko’rilmoqda.

Afsuski, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, joylarda karantin qoidalari buzilayotgani holatlari kuzatilmoqda. Bu albatta, achinarli holdir. Vaholanki, koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatimizda qisqa davrda bir qator qonun va qonunosti hujjatlar ishlab chiqildi. Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi.

Shuni aytish joizki, bizning Buxoro Muhandislik Texnologiya Instituti “Mexanika va Arxitektura qurilish” fakulteti talabalarimiz karantin qoidalariga rioya qilgan holda onlay darslarni qunt bilan o’zlashtirish bilan cheklanib qolmay, prezidentimizning besh muhim tashabbus bo’yicha o’zlarining iqtidorlarini turli bandlari bo’yicha ko’rsatishmoqda. Jumladan  812-18 QMBKICh guruh talabasi Abdullayev Abdurayim hozirgi karantin qoidalariga rioya qilingan holda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Talaba_VUZ nomli telegram kanalida e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, besh muhim tashabbusning ikkinchi qismi uchun qatnashganligi quvonarli holat.

 

Share this post