Xorijiy tillar

Bosh sahifa Xorijiy tillar

Xorijiy tillar


Xorijiy tillar kafedra mudiri

Barotova Mubashira Barotovna

  • Qabul vaqti: -
  • Telefon: -
  • Email: -

Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart.

Shavkat Mirziyoyev 

 

“Xorijiy tillar” kafedrasi

 

Xorijiy tillar (Rus va chet tillari) kafedrasi 1969 yil 1 sentabrda A.Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining Buxorodagi kechki fakulteti negizida tashkil etilgan. Xorijiy tillar kafedrasi mudiri etib f.f.n., dotsent N.T.Pak tayinlangan. 1978 yilda Toshkent politexnika institutining filiali Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutiga aylantirilgandan so’ng,  kafedra mudiri vazifasida M.M.Jamolova, p.f.n., dotsent L.N.Zaxarov, f.f.n., dotsent Q.B.Shodmonov, f.f.n., dotsent S.N.Nayimovlar faoliyat ko’rsatib kelganlar. Kafedra faoliyati davomida o’qituvchilar ingliz, nemis va fransuz tillaridan dars berib, talabalarning maktab va kollejda o’rgangan bazaviy til ko’nikmalarini yanada rivojlantirib kelmoqdalar.  Professor-o’qituvchilar o’quv ishlari bilan birga o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ustoz-shogird yo’nalishlarida ishlar olib borib, kafedra va instituti reytingiga o’z hissalarini qo’shmoqdalar, talabalar bilimini oshirishda o’z uslublari va yo’nalishlarini yanada takomillashtirmoqdalar. Hozirda kafedrada 27 nafar o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 may PQ-5117-sonli “O‘zbekiston respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida xorijiy tillar kafedrasida ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Kafedra o’qituvchilarida CEFR C1 sertifikatlari, chet tilidan malaka sertifikatlari, IELTS va TOEFL sertifikatlari mavjud. Ular Respublika bo’yicha o’tkaziladigan ko’rik tanlovlarda faxrli o’rinlar sohibi bo’lishmoqda. Shuningdek, o’qituvchilarning ta’limlari va tinimsiz harakatlari sabab institut talabalari chet tilidan fan olimpiadalarida qatnashib munosib o’rinlarni egallashmoqda. Ular orasida IELTS va CEFR sertifikatlariga ega talabalar ham bor.  

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

Kafedrada 1 nafar fan nomzodi, dosent; 3 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega o’qituvchilar bor. Shuningdek, M.A.Mamedova, Sh.B.Yusupova, N.R.Alimova, R.F.Norovalar ushbu yo’nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijalari kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilinib borilmoqda. 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 “Xorijiy tillar” kafedrasi institutning 4 - o‘quv binosida joylashgan bo`lib, unda ingliz, nemis, fransuz tili fanlaridan mashg‘ulotlarni DTS talablari asosida olib borish uchun moddiy-texnik baza mavjud. Jumladan, kafedra o‘quv xonalari hozirgi davr talabiga mos barcha texnika vositalar (electron doskalar, kompyuter, proyektor, ekran) va o‘quv jihozlar bilan jihozlangan. Kafedra o‘quv xonalarining har biri internet tarmog’iga ulangan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar dars jarayoni uchun kerakli materiallarini topib foydalanish hamda yuklab olish imkoniyatiga ega. Kafedra qoshidagi chet tillarga ixtisoslashtirilgan o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlangan axborot –resurs markazi uzluksis xizmat ko‘rsatmoqda. 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

Kafedra Toshkent shahrida joylashgan xorijiy davlatlar elchixonalari bilan aloqa o‘rnatgan va ular kafedrani va axborot –resurs markazini har xil turdagi o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlab kelmoqda. Shuningdek, kaferdra professor-o’qituvchilari ham pedagogik faoliyatlari davomida yo’nalish talabalari uchun mutaxassislikka oid va umuman ingliz, nemis, fransuz tillarini o’rganishda qo’llanadigan o’quv adabiyotlar va ekektron darsliklar yaratib kelmoqdalar. Kafedra o‘qituvchilari “xorijiy til o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish” borasida o’quv-uslubiy ishlarini olib bormoqdalar. Bu borada ko’p ishlar amalga oshirilgan va sertifikatlar olingan. O`qituvchilardan dosent, f.f.n. H.O’.Yusupovaning “Country study” o’quv qo’llanmasi; katta o’qituvchi, PhD M.B.Barotovaning “Dictionary of literary terms” lug’ati, katta o`qituvchi Sh.M.Tillayevaning “Professional progress” o’quv qo’llanmasi; katta o’qituvchi M.A. Mamedovaning “Dictionary of Homonyms” lug’ati, Sh.B. Yusupovaning “English for oil and gas industry students” darsligi, Sh.B. Yusupova va N.S.Nosirovaning “Learning English through thinking” o’quv qo’llanmasi, M.Sh.Shoyimqulovaning “English for Economists” o’quv qo’llanmasi kabilar shular jumlasidandir.  Bundan tashqari, kafedra katta o‘qituvchisi, PhD S.Dj.Muxamedjanova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini  yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qaroni ijrosini ta’minlash maqsadida  2019 yil O‘zDJTU xuzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi va Britaniya  Kengashi tomondan O‘zbekistonda nofilologik oliy ta’lim muassasalarining ingliz tili o‘qituvchilarining o‘zaro tajriba almashish guruhi (UzTESPING) loyixasi doirasida  tashkil etilgan seminar-treyninglarda qatnashib, sertifikat bilan taqdirlandi. Hozirda to’plangan materiallar asosida yaratilgan qo’llanma nashrga tayyorlanmoqda.

 
 

 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

2017 yil 20 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-2909-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2019-2020 o‘quv yilida “Xorijiy tillar” kafedrasida AQSh elchixonasi bilan xamkorlik doirasida AQShlik Karolina Myurrey, 2020-2021 o‘quv yilida esa Miss Zoe Rendall  o‘z faoliyatini boshladi. Bu o’qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb etishdan maqsad talabalarni chet tillaridan ingliz tiliga qiziqishlarini oshirish, ularni tili o‘rganilayotgan mamlakat vakillarining nutqini amalda tinglab tushunish ko’nikmalarini yanada rivojlantirishdir.

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

 
 

Kafedra a’zolari tomonidan “maktab – oliy ta’lim muassasi” hamkorligi doirasida umumta’lim maktablarida 9-11 sinf o‘quvchilari bilan seleksiya ishlarini amalga oshirish maqsadida biriktirilgan maktablarga borib uchrashuvlar va ochiq darslar o‘tkazmoqdalar va uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi va “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan kafedra o’qituvchilari tomonidan umumta’lim fanlar bo‘yicha ilmiy-uslubiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida amaliy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda. Shuningdek turli tadbirlar o’tkazilmoqda.