Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar

Bosh sahifa Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar

Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar


Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar kafedra mudiri

Saidova Xulkar Xamidovna

  • Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
  • Telefon: (+99890)514-41-25
  • Email: saidovahulkar@mail.ru

Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar

    “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti tarkibida 1984 yil «Yengil sanoat texnologiyasi» nomi bilan tashkil etilib, hozirgi kunga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kafedraning nomi 1994-yilda “Yengil sanoat texnologiyasi”, 2004-yilda “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi”, 2011-yilda “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari”, 2022-yilda “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar, nomiga o’zgartirildi va shu nom bilan faoliyat yuritmoqda. Kafedra 60721400 – “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (tikuv buyumlari texnologiyasi)”, 60210400 – “Dizayn (libos va gazlamalar)”, 60210400 – “Dizayn (milliy kostyum va aksessuarlar)” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni, hamda 70721403- “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (tikuv buyumlari)” mutaxassisligi bo’yicha magistrlarni tayyorlab kelmoqda. 2018-yildan boshlab ushbu yo’nalishni sirtqi ta’lim shakli bo’yicha ham bakalavrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Kafedrada quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi: 1) Sovuqxona ishchilari uchun issiqlik saqlovchi maxsus kiyim ishlab chiqish; 2) Alohida submadaniyat guruhi uchun kiyimlarni maqsadli loyihalash usullarni takomillashtirish (yoshi katta ayollar misolida); 3) Mo’ynali mahsulotlarni resurstejamkorlik asosida ishlab chiqarishning ilmiy va amaliy asoslari; 4) O’zbekiston agrosanoat kompleksi ishchilari maxsus kiyimining ratsional konstruksiyasini tadqiq qilish va yaratish; Kafedrada raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ishlab chiqarishda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda fanlardan iqtidorli talabalar ishlashi uchun fan to’garaklari, shuningdek zamonaviy labaratoriya xonalari tashkil etilgan. Kafedrada Respublikaning yetuk ishlab chiqarish korxonalari “Uz Daewoo Textile” QK, “Ark Eco Tekstile” MCHJ, “Merganteks” korxonalari, “SST group” va boshqa bir qancha ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Kafedra faoliyatini tubdan isloh qilish, xorijiy ta’lim tajribalarini oʼrganish maqsadida Olmata texnologiya universiteti, Rossiya federatsiyasining Moskva davlat universiteti bilan xamkorlik ishlari olib borilmoqda. Shvetsariya Sanʼat va moda (FHNW) instituti direktori Mister Kurt va professor Bittina Keller boshchiligida Oʼzbekistonga “Shvetsariya va Oʼzbekiston moda dizaynidagi madaniy aloqalar” xalqaro granti tuzilib, grant asosida Shvetsariya Sanʼat va moda (FHNW) institutining bir qator iqtidorli talabalari hamda Toshkent Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti dotsenti V. А. Chursina boshchiligida iqtidorli talabalar tashrif buyurgan. Hozirgacha kafedra yoʼnalishi boʼyicha 5000 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorlanib, ular viloyatimiz va respublikamizning yengil sanoat korxonalarida, oliy va oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida faoliyat koʼrsatib kelmoqdalar. Hozirgi paytda kafedrada 2 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodlari - dotsentlar, 5 ta katta oʼqituvchi, 4 ta assistentlar, 3 ta oʼqituvchi-stajyor, 700 ga yaqin talabalarga sifatli va mazmunli taʼlim bermoqdalar. 2019 yildan kafedrada doktorantura ochilib, hozirda 6 ta doktorant va 10 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʼullanmoqda. Hozirgacha kafedra yoʼnalishi boʼyicha 5000 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorlanib, ular viloyatimiz va respublikamizning yengil sanoat korxonalarida, oliy va oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida faoliyat koʼrsatib kelmoqdalar. Taʼlim-tarbiya jarayonida zamonaviy didaktik vosita va jihozlarni hamda oʼqitishning ilgʼor pedagogik va innovatsion texnologiyalari, xorijiy taʼlim tajribalaridan foydalanib dars oʼtishga erishilmoqda.


BAKALAVRIAT

60721400-Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (tikuv buyumlari texnologiyasi)

60210400-Dizayn(libos va gazlamalar dizayni)

Sirtqi – 60721400-Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (tikuv buyumlari texnologiyasi) 

Sirtqi – 5321500- Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (tikuv buyumlari texnologiyasi)

Sirtqi – 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstursiyasini ishlash va texnologiyasi


MAGISTRATURA

70721403 Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (mahsulot turlari bo’yicha) 


Bakalavriat:

  1. 1. Kostyum kreativ grafikasi
  2. 2. Tikuv buyumlarini badiiy maketlash(tanlov fani)
  3. 3. Amaliy antropologiya asoslari
  4. 4. Kostyum kompozitsiyasi
  5. 5. Materiallarni konfeksiyalash
  6. 6. Tikuv buyumlarini konstruksiyalash
  7. 7. Tikuv buyumlari texnologiyasi
  8. 8. Texnologik jarayonlarni loyihalsh
  9. 9. Texnologik jarayonlarni loyihalsh
  10. 10. Materiallarni konfeksiyalash
  11. 11. Tikuv buyumlarini konstruksiyalash
  12. 12. Tikuv buyumlari texnologiyasi
  13. 13. Texnologik jarayonlarni loyihalsh
  14. 14. Rasm kreativ grafikasi
  15. 15. Tikuv, trikotaj va zardo’zlik buyumlari texnologiyasi
  16. 16. Tikuv, trikotaj va zardo’zlik buyumlarini konstruksiyalash
  17. 17. Materiallarni konfeksiyalash
  18. 18. Kiyimlarni modellashtirish va badiiy bezash
  19. 19.Kiyim loyihalashning avtomatlashgan tizimlari
  20. 20.Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalsh

Magistratura

  1. 1. Tikuv buyumlarini loyihalash nazariy asoslari
  2. 2. Tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari
  3. 3.Tikuvchilik texnologik jarayonlarining innovatsion shakllari (tanlov fani)
  4. 4. Eksperimental tadqiqotlar o’tkazish metodikasi (tanlov fani)
  5. 5. Ilmiy-tadqiqot ishi va magistlik dissertatsiyasini tayyorlash
  6. 6.Ilmiy-pedagogik ish


o’qituvchi-stajor
Abdullayeva Gulchexra Shuxratovna


o’qituvchi-stajor
Azimova Feruza Kamolovna



Арипова Мўмина


o’qituvchi-stajor
Atayeva Ferangiz Allaberganovna


(PhD) katta o‘qituvchi
Bebutova Nargiza Narzullayevna


assistеnt
Gaybullayeva Nargiza Zayniddinovna


pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Djalolova Dilafruz Fattoxovna


assistent
Qodirova Dilnoza Xayriddinovna


(PhD) assistent
Qodirova Sevara Xayriddinovna


assitent
Nematova Lolaxon Hikmatovna

texnika fanlari doktori, dotsent
Pulatova Saboxat Usmonovna


katta o‘qituvchi
Rajabova Gulandom Jabborovna



Саидова Х.Х


katta o‘qituvchi
Soliyev Iskandar Sodiqovich


(PhD) dotsent
• Temirova Gulnoz Ibodovna


katta o‘qituvchi
Tosheva Nigora Muxiddinovna


assistent
To’raqulova Baxriniso Baxtiyorovna


katta o‘qituvchi
Tursunova Zebiniso Nurullayevna

strong>pedagogika fanlari doktori, dotsent
To’xtayeva Zebo Sharifovna


o’qituvchi-stajor
Ubaydova Vazira Erkinovna



Усмонова Н.



Худойбердиева Ситора Низомиддин қизи


o’qituvchi-stajor
Xo’jayeva Madina Baxtiyorovna


katta o'qituvchi
Sharipova Saodat Islomovna


o’qituvchi
Шодмонов Хусниддин Шодмонович


assitent
Ergasheva Marziya Ramazonovna


o'qituvchi stajyor
Azimova Feruza Kamolovna


1. Tursunova Zebiniso Nurillaevna Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari Buxoro “Durdona” nashriyoti 2019 252b (№220 09.06.2014 y ga asosan qayta nashr) 2. Rajabova Gulandom Jabborovna Texnologik jarayonlarni loyihalash Buxoro : “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti 2020.-256b (359 rakamli guvoxnoma 2020 yil 30 iyun) 3. Rajabova Gulandom Jabborovna Учебное мастерство мастерство Бухара “Sadriddin Salim Buxoriy” издательство Durdona 2020.-240 ст. (29 iyun 2020 yil) 4. To‘xtaeva Zebo Sharifovna Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi 418 rakamli guvohnoma 2020 yil 14 avgust 5. Pulatova Saboxat Usmanovna Tikuv, trikotaj va zardo‘zlik buyumlarini konstruksiyalash Darslik. Toshkent-2020 . -363b. (BuxMTI №4 28.11.2020 (bayonnoma)) 6. Soliyev Iskandar Sodiqovich Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi Buxoro-2020 238b. (BuxMTI №2 12.10.2019 (bayonnoma)) 7. Ergasheva Marziya Ramazonovna Kostyum kompozitsiyasi va tarixi Darslik Toshkent-2020 -177b. (BuxMTI №8 30.05.2020 (bayonnoma)) 8. Axmetjanov M.M.,O‘rinov U.A., Saidova Xulkar Xamidovna, 9. Adizova S.Yu."Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi" (№356, 18.08.2021Ro‘yxat raqami: 356/7-114) 10. Gafurova Nigora To‘ymuradovna Kompozitsiya asoslari Toshkent “Tafakkur Bo’stoni” 2019y (ikkinchi nashr BuxMTI Kengashi № 3 majlis bayoni, 29.11.2019 yil) 11. Saidova Hulkar Hamidovna, Ergasheva Marziya Ramazonovna, Azimova Madina Narzullaevna Dunyo liboslari tarixi Buxoro : “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti 2019.-176b (BuxMTI Kengashi № 3 majlis bayoni, 29.11.2019 yil) 12. To‘xtaeva Zebo Sharifovna, Sayfullaeva Dilafro‘z Axmadovna Kiyim dizaynida innovatsion texnologiyalar “Buxoro viloyat bosmaxonasi” MChJ nashriyoti, 2019 y.-188b (BuxMTI Kengashi № 3 majlis bayoni, 29.11.2019 yil) 1. Muxamedjanova S.F.Research of the screw working element working jointly with theplanner's bucket Journal of Physics: Conference Series. 1515 (2020) 042016 2. Sadullayeva D.A.Improving the drawing mechanism of a drawing frame machine for forming threads by preliminary estimate fabric quality indicatorsJournal of Critical Reviews, Vol 7, Issue 5, 2020 , - P: 370-375 3. SaidovaХ.Х.ErgashevaM.R. Talabalarda dizaynga oid bilimlarini kreativ Ta’lim asosida rivojlantirish metodikasi jamiyat va innovatsiyalar–Общество инновации–Society and innovations Issue –2 No5 (2021) 117-122 б. 4. Kurbanova I.I. Kamalova D. .Djalolova D.F., Axmedov М.Dynamical analysis of improvement of the needle mechanism in sewing machines AIP Conference Proceedings, 15 November 2021 5. Sadullayeva D.А. Giyasova D.Kazakova D.Research of increase the strength of warp yarns for knitting strong fabrics III INTERNATIONAL CONFERENCE MIP: ENGINEERING-2021: Advanced Technologies In Material Science, Mechanical And Automation Engineering, Krasnoyarsk, Russia 6. Temirova G.I. Перспективные направления совершенствования технологии обработки меха «Yengil sanoatda zamonaviy innovatsion texnologiyalar: muammo va yechimlar» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari, Бухоро, 2021. 488-495

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

  1. 1. Nematova L.X. Application of information technologies at the scientificworld and intellectual level of students NOVATEUR PUBLICATIONS Journal NX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581 – 4230. VOLUME 6, ISSUE 5, May -2020, p 41-44 2. Temirova G.I.Resource thrifty methods of connecting natural fur to main detailNOVATEUR PUBLICATIONS JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581 – 4230. VOLUME 6, ISSUE 5, May -2020, Page 45-47 3. To’xtayeva Z.Sh.Integration of special subjects in higher education 4. International Engineering Journal For Research & Development. Vol.5, Issue 3, April 2020.Impact factor : 6.03 Page 125-131. 5. To’xtayeva Z.Sh.,Тo’raqulova B.B., Тo’raqulova М.Q.Mo’minova М.S.Pedagogical innovation and the use of debate method in teachingtechnical sciences International Engineering Journal For Research & Development. Vol.5, Issue 3. Issue 3, April 2020.Impact factor : 6.03 Page 151-155. 6. Sadullayeva D.А.Modern technologies of making school clothes NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No:2581 - 4230 VOLUME 6, ISSUE 5, May -2020, p 212-215 7. Sadullayeva D.А., Nematova L.X. Introduction of electronic textbooks in the processof teaching studentsNOVATEUR PUBLICATIONS INTERNATIONAL JOURNAL OF INNOVATIONS IN ENGINEERING RESEARCH AND TECHNOLOGY [IJIERT] ISSN: 2394-3696VOLUME 7, ISSUE 5, May.-2020, p 270-272
1) Kafedra professor o’qituvchilarining ilmiy salohiyatini 2024-yil oxiriga qadar 70 foizga yetkazish 2) Har yili ishlab chiqarish korxonalarida mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan, kamida 200 million so’mlik xo’jalik shartnomalarini amalga oshirish 3) Nufuzli xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda davlat grandlari bajarishni yo’lga qo’yish 4) Professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalarni start-up loyihalarida ishtirok etishlarini ta’minlash 5) Mutaxasislik fanlaridan bugungi kun talablari asosida darslik va o’quv qo’llanmalar yaratish 6) Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishni yo’lga qo’yish 7) Kafedrada to’garaklar faoliyatiga iqtidorli talabalarni jalb qilish hisobiga yaxshilashga erishish 8) Mutaxassislik fanlaridan amaliy va tajriba mashg’ulotalarini ishlab chiqarish korxonalarida olib borilishini yo’lga qo’yish 9) Yosh o’qituvchilar va iqtidorli talabalarni olimpiadalarda va turli ko’rik tanlovlarda ishtirokini ta’minlash