Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi

Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi


Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi kaferdra mudiri

Raximov Firuz Fazlidinovich

  • Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
  • Telefon: (+99891) 416 − 16 − 47
  • Email: feruz.raximov.1990@mail.ru


Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi

    «Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi (QM va KT)» kafedrasi o’z faoliyatini 2020 yil avgust oyidan boshlagan. Kafedra institutning «Bino va inshootlar qurilishi» hamda «Arxitektura» kafedralari negizida shakllanib ulardan alohida kafedra bo’lib ajralib chiqgan. Dastlab kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent O’rinov Jamol Rashitovich mudirlik vazifasini bajardi. 2021 yil 26 avgustdan 2022 yil 26 avgustgacha kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent Xaitov Bafo Usmonovich, 2022 yil 26 avgustdan hozirgi vaqtgacha texnika fanlari falsafa doktori, dotsent Raximov Firuz Fazlidinovich rahbarlik qilib kelmoqda.

   Bugungi kunda kafedrada 14 nafar professor-o’qituvchi va 1 nafar xodim faoliyat ko’rsatayapti. Kafedra yosh bo’lishiga qaramasdan o’tgan ikki o’quv yilida 10 ta elektron darslik va o’quv qo’llanmalarga mualliflik guvohnomalari olingan, 34 ta ilmiy maqola, shulardan 25 tasi xorijiy jurnal va ilmiy anjumanlarda (9 tasi SCOPUS bazasida), 9 ta ОАК ro’yxatidagi ilmiy jurnallarda nashr etilgan. 2 ta o’quv qo’llanma va 1 ta darslik О vaO’MTV qoshodagi Muvofiqlik Kengashi guvohnomasi asosida, 6 ta monografiya BuxMTI Kengashi qarori asosida nashrdan chiqarilgan, 14 ta uslubiy qo’llanma va uslubiy ko’rsatmalar BuxMTI Uslubiy kengash qarorlari asosida o’quv jarayoniga joriy etilgan, umimiy qiymati 40 mln. so’mdan ortiq xo’jalik shartnomasi bajarilgan.



BAKALAVRIAT:

60730700 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish;

60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish).


Bakalavriat:

  1. 1. Beton va temirbeton ishlab chiqarish texnologiyasi;
  2. 2. Beton geliotexnologiyasi;
  3. 3. Beton toʼldiruvchilar texnologiyasi;
  4. 4. Binolarning muhandislik jihozlari;
  5. 5. Bogʼlovchi moddalar;
  6. 6. Issiklik izolyatsiyalovchi pardozbop materiallar;
  7. 7. Issiqlik texnik uskunalari;
  8. 8. Yigʼma temirbeton va beton konstruktsiyalari uchun bogʼlovchi moddalar;
  9. 9. Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari;
  10. 10. Konstruktsiyalarni hisoblash dasturlari;
  11. 11. Korxona texnik suvlarini yopiq tizimlarda tozalash va tayyorlash;
  12. 12. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruktsiyalari;
  13. 13. Qurilish industriyasining texnologik uskunalari;
  14. 14. Qurilish konstruktsiyalari;
  15. 15. Qurilish materiallari va buyumlari;
  16. 16. Qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar;
  17. 17. Qurilish materiallarining xom ashyoviy bazasi;
  18. 18. Qurilish taʼmirlash va restavratsiya materiallari;
  19. 19. Quruq qurilishning jamlama tizimlari (KNАUF);
  20. 20. Loyihalash asoslari;
  21. 21. Pardozlash va issiqlik izolyatsiyasi materiallari;
  22. 22. Polimer qurilish materiallari va buyumlari texnologiyasi;
  23. 23. Silikatlar texnologiyasi;


KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR


   • Yu.A. Gagarin nomidagi Saratov davlat texnika universitetining “Qurilish materiallari, konstruksiyalari va texnologiyalari” kafedrasi;

   • Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi;

   • Buxoro maxsus sinov qurilish laboratoriyasi.