Iqtisodiyot

Bosh sahifa Iqtisodiyot

Iqtisodiyot


Iqtisodiyot kafedra mudiri

Boboyev Akmal Choriyevich

  • Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
  • Telefon: +998(97) 306-31-32
  • Email: boboyevakmal1974@gmail.com


“IQTISODIYOT” KAFEDRASINING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISH TARIXI


    Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, uning tarmoqlarida ishlab chiqarish surʼatlari o‘sishiga erishish, mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishda ko‘p jihatdan iqtisodiy yo‘nalishlarda taʼlim olayotgan kadrlar muhim omil hisoblanadi. Ularni yetuk mutaxassis qilib tarbiyalashda institutda tashkil etilgan iqtisodiyot yo‘nalishidagi kafedralarning hissasi kattadir. Ushbu kafedralarning tashkil etilish tarixi va rivojlanishi 20 asrlarning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Birinchi marta “Iqtisodiyot” kafedrasi 1969 yilning 1sentyabrida Toshkent Politexnika Institutiga qarashli Umumtexnika fakulteti qoshida tashkil topgan. 1978 yil 1sentyabriga kelib esa Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoati instituti huzurida yanada takomillashgan “Siyosiy iqtisod” kafedrasi nomi bilan ishlay boshladi. Kafedra mudiri dotsent S.I.Bobojonov (marhum) boshchiligida 7 nafar malakali mutaxassislar ilmiy o‘quv va jamoat ishlari bilan shug‘ullandilar. 1980 yil 1 sentyabrga kelib jamoaning tarkibi yanada kengayib, 9 kishiga yetdi va bu kafedra 1997 yilga qadar faoliyat ko‘rsatdi.

    “Ishlab chiqarish va boshqarish” kafedrasi 1993-yilda “Iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish” kafedrasi bazasida tashkil qilindi. Kafedraning asosiy vazifasi oziq-ovqat korxonalariga mutaxassislarni tayyorlashda iqtisodiy bilimlar berish va shu yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bilan belgilandi. 1997 yilga kelib kafedra “Iqtisodiyot nazariyasi va marketing” nomi bilan atalib, dotsent O.M.Hamroqulov (marhum) mudir qilib tayinlandi. 1998 – 1999 o‘quv yili boshida “Iqtisodiyot” va “Marketing” kafedralari alohida – alohida faoliyat ko‘rsata boshladi. “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri etib dotsent Z.M.Abdullayeva, “Marketing” kafedrasi mudiri etib esa dotsent O.M.Hamroqulovlar tayinlandilar. 2001 yilning 29 dekabrida “Iqtisodiyot” va “Marketing” kafedralari birlashtirilib “Marketing va Iqtisodiyot” deb, 2003 yil sentyabr oyidan boshlab esa, “Marketing” deb nomlandi. 2010 yildan 2011 yil sentyabrgacha “Menejment” kafedrasini dotsent Ro‘ziyeva D.I., “Marketing” kafedrasini dotsent B.F.Azimov boshqarib keldi. 2013 yilning 15 aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish” to‘g‘risidagi PQ-1954 qaroriga asosan kafedraning nomi “Menejment” kafedrasi deb o‘zgartirildi va kafedra o‘z faoliyatini 2021 yil 15 sentyabrgacha davom ettirdi. Buxoro muxandislik texnologiya instituti rektorining 2021 yil 15 sentyabrdagi № 499-U sonli buyrug‘iga asosan “Iqtisodiyot” kafedrasi “Menejment” kafedrasidan ajralib chiqdi hamda alohida kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. “Iqtisodiyot” kafedrasi institut 2-binosining 3 qavatida joylashgan. Kafedrada umumiy tarzda 15 ta pedagog-xodimlar ishlab kelmoqda, shulardan: 5 ta i.f.n., dotsent, 7 ta katta o‘qituvchi, 1 ta assistent, 2 ta o‘qituvchi stajer, 1 ta tashqi o‘rindosh. Kafedraning ilg‘or pedagog-xodimlari: Ochilov SH.B., Azimov B.F., Xasanova G.D., Boboyev A.CH. ilmiy izlanishlar olib borib, turli yillarda nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Kafedraning ilmiy salohiyati 33% ni tashkil etadi. Hozirda ilmiy salohiyatni yanada oshirish borasida bir qator pedagog xodimlar ilmiy mavzular bo‘yicha izlanishlar olib borishmoqda. “Iqtisodiyot” kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan har yili elektron darsliklar, oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar, monografiyalar tayyorlab kelinmoqda. Jumladan oxirgi yillarda dots. Boboyev A.CH. tomonidan “Iqtisodiy geografiya va ekologiya” nomli o‘quv qo‘llanma, dots. Xayitov SH.N. va Boboyev A.CH, katta o‘qituvchilar Yuldasheva S.N. va Muxsinov B.T. lar tomonidan “O‘zbekistonda soliq tizimi va xususiy tadbirkorlik” nomli o‘quv qo‘llanma, prof. Nizamov A.B. va katta o‘qituvchi Raxmatov SH.A. tomonidan “Oliy taʼlim muassalarida innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma, katta o‘qituvchilar Rasulova N.N. va Jumayeva Z.Q. lar tomonidan “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan o‘quv qo‘llanmalar chop etildi. Kafedra pedagog xodimlari qator elektron darsliklar uchun mualliflik huquqlariga ega. Bular: “Innovatsion tadbirkorlik faoliyati”, “Iqtisodiy geografiya va ekologiya”, “Soha iqtisodiyoti va menejmenti”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”, “Korxona iqtisodiyoti”, “O‘zbekistonda soliq tizimi va xususiy tadbirkorlik”. “Iqtisodiyot” kafedrasi pedagog xodimlari kafedra mudiri dots. Boboyev A.CH. boshchiligida qator ilmiy va uslubiy ishlarni bajarib kelmoqdalar. Jumladan oxirgi yillarda: dots.Boboyev A.CH. tomonidan “Tadbirkorlik faoliyatini nazariy rivojlantirish”, “Taʼlim tizimida kasb taʼlimi o‘qituvchisining innnovatsion faoliyatini rivojlantirishda o‘quv-uslubiy tayyorgarlik strategiyasi”, “Oliy taʼlim bitiruvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va uning istiqbollari”; dots. Hasanova G.D. tomonidan “Innovatsion jarayonlar sharoitida xizmatlar sohasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)”, “Experience in the management of higher education system of developed foreign countries”; Rasulova N.N. va Jumayeva Z.Q. tomonidan “O‘zbekiston mintaqalarida sanoat tarmog‘ini rivojlantirishning hududiy jihatlari” kabi bir qator monografiyalar tayyorlandi va chop etildi. Kafedraning aʼzolari har yili o‘tkaziladigan respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarning faol qatnashchisi, ular tomonidan nufuzli respublika va xalqaro ilmiy-ommabop nashrlarga maqolalar tayyorlanib chop etib borilmoqda. Jumladan “Web of Science”, “Scopus” bazasiga, OAK ro‘yxatiga kiritilgan nufuzli xalqaro va mahalliy jurnallarda kafedra pedagog xodimlarining 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Kafedra pedagog xodimlari tomonidan “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” loyihasi bo‘yicha Davlat granti ustida ish olib borilmoqda. “Iqtisodiyot” kafedrasiga qarashli yo‘nalishlarda kunduzgi, kechki va sirtqi hamda ikkinchi mutaxassislik taʼlim shakllari bo‘yicha 200 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda, jumladan 63310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavr taʼlim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Kafedra pedagog xodimlari rahbarlik qilayotgan iqtidorli talabalar fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlarda doimiy qatnashib kelmoqda. 2020-2021 o‘quv yilida dots.Hasanova rahbarligida iqtidorli talaba Yusupov Yusuf “Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi”ga sazovor bo‘ldi. Kafedra doimiy ravishda viloyat va shahar hokimiyati tomonidan tashkil etiladigan siyosiy o‘qishlar va targ‘ibot ishlari, institut tomonidan tashkil etiladigan maʼnaviy maʼrifiy tadbirlarning faol ishtirokchisi. Institutga qarashli talabalar turar joyida “Iqtisodiyot” kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan dekanat bilan hamkorlikda madaniy-maʼrifiy kechalar, davra suhbatlari, tadbirlar uyushtirib turilmoqda. Kafedra o‘qituvchilari doimiy tarzda o‘tkazib turiladigan institut, shahar va viloyat miqyosidagi sport tadbirlari qatnashchisi va uning volleybol, shaxmat turlari bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.



Kafedra mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dosent
Boboyev Akmal Chorievich


iqtisod fanlari nomzodi, dosent
Ochilov Sherali Barotovich


iqtisod fanlari nomzodi, dosent
Xasanova Gulrux Djumanazarovna


iqtisod fanlari nomzodi
Azimov Bobir Fattoxovich


katta o‘qituvchi
Rasulova Nigora Nematovna


Kafedra katta o`qituvchisi
Toshev Fazliddin Zaynitdinovich


Katta o`qituvchi
Narzulloyeva Feruza Fatulloyevna


Kafedra assistenti
Sulaymonov Azamat Ilhomovich


Kafedra tayanch doktoranti
Raxmatov Shuxrat Axatovich


Kafedra tayanch doktoranti
Jumaeva Zulfiya Qayumovna


Kafedra tayanch doktoranti
Muxsinov Bekzod Toxirovich


Kafedra tayanch doktoranti
Akramova Obida Qosimovna


Kafedra tayanch doktoranti
Raxmonov Xurshid Xayriddinovich


kabinet mudiri
Muxitdinova Nigina Isomiddinovna


BAKALAVRIAT

60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va soqalar bo`yicha)

MAGISTRATURA

703101020 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)


Bakalavriat:

  1. 1. Iqtisodiy ta`limotlar tarixi
  2. 2. Iqtisodiyot
  3. 3. Iqtisodiyot va biznes
  4. 4. Iqtisodiy siyosatga kirish
  5. 5. Kreativ fikirlash
  6. 6. Ekonometrika asoslari
  7. 7. MikroIqtisodiyot
  8. 8. MakroIqtisodiyot
  9. 9. Statistika
  10. 10. Biznes huquqi
  11. 11. Moliya
  12. 12. Soliq va soliqqa tortish
  13. 13. Innovatsion Iqtisodiyot
  14. 14. Institutsional Iqtisodiyot
  15. 15. Mintaqaviy Iqtisodiyot
  16. 16. Investitsiya loyihalari tahlili
  17. 17. Iqtisodiy geografiya va ekologiya
  18. 18. Korxona Iqtisodiyoti
  19. 19. Iqtisodiy rivojlanish strategiyalari
  20. 20. Jahon Iqtisodiyoti va xalqaro Iqtisodiy munosabatlar
  21. 21. Global Iqtisodiy rivojlanish
  22. 22. Tadbirkorlik huquqi
  23. 23. Xorijiy investitsiyalar
  24. 24. Strategik boshqaruv
  25. 25. Dinamik makroIqtisodiyot
  26. 26. Iqtisodiy o`sish
  27. 27. Raqamli Iqtisodiyot
  28. 28. Bank hisobiga kirish
  29. 29. Biznes intellekt

 O`quv qo`llanma va monografiyalar


ANJUMANLARDAGI TЕZIS VA MAQOLALAR

  1. 1. Boboyev A.Ch. Innovasion tadbirkorlikni rivojlantirishda investisiyaviy jozibadorlikni oshirish Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy texnikaviy jurnal, 2021 yil 1-son, 266-271 betlar
  2. 2. Akramova O.Q. Innovasion tadbirkorlikni rivojlantirishda investisiyaviy jozibadorlikni oshirish Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy texnikaviy jurnal, 2021 yil 1-son, 266-271 betlar
  3. 3. Raxmatov Shuxrat Axatovich Oliy ta'lim muassasasi mene¬jeri innovasion – tadbirkorlik xislatlarini baholash metodi Ta'lim va innovasion tadqiqotlar jurnali. Buxoro, 2021. 2-son, 263-266 b.
  4. 4. Raxmatov Shuxrat Axatovich Oliy ta'lim muassasasida innovasion-tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etishda menejer uchun zarur bo‘lgan xislatlarni baholash. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy texnikaviy jurnal
  5. 5. Raxmatov Shuxrat Axatovich Oliy ta'lim muassasasi ideal menejeri innovasion tadbirkorlik xislatlarini o‘rganish va baholash Fan va Jamiyat ilmiy uslubiy jurnal Nukus. 2021 y №3, 32-33 betlar
  6. 6. Boboyev Akmal Chorievich Oliy ta'lim bitiruvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari Ta'lim tizimida ijtimoiy gumanitar fanlar Toshkent, №5 , 2021 yil, 116-119 betlar
  7. 7. Xasanova Gulrux Djumanazarovna Aholi sonini prognozlash masalasini hosila funksiyasini qurish yordamida amalga oshirish Biznes-Ekspert Toshkent,№2, 2021. 21-24-betlar
  8. 8. Muxsinov Bekzod Toxirovich Methods of evaluation of efficiency of marketing activities of enterprises Jamiyat va innovasiyalar – Obshestvo i innovasii – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
  9. 9. Ochilov Sherali Barotovich Aholi sonini prognozlash masalasini hosila funksiyasini qurish yordamida amalga oshirish Biznes-Ekspert Toshkent,№2, 2021. 21-24-betlar

SCOPUS VA WEB OF SCIENCE BAZASIGA KIRGAN ILMIY ISHLAR

  1. 1. Rasulova Nigora Nematovna  Features of Socio-Economic Development of Regions in the Digital Economy  Central Asian Journal of Theoretical and Applied Sciences. ISSN: 2660-5317. Vol. 02 Issue: 04. Ispaniya
  2. 2. Rasulova Nigora Nematovna Tourism and Digitalization: Achievements and Challenges for the Future CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE.Volume: 02 Issue: 06 ISSN: 2660-454X Ispaniya
  3. 3. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT). ISSN: 2509-0119. Vol. 26 No.1 Morokko
  4. 4. Ochilov Sherali Barotovich Research of Foot Sizes of Younger School Children for the Purpose of Identification of Static Deformations 2 Issue: 06 June 2021. ISSN: 2660-454X
  5. 5. Ochilov Sherali Barotovich  OTHER WAYS TO BUILD CORRELATION MODELS  INTERNATIONAL JOURNAL ON HUMAN COMPUTING STUDIES Indoneziya
  6. 6. Ochilov Sherali Barotovich  Method For Constructing Correlation Dependences For Functions Of Many Variables Used Finite Di_erences  THE AMERICAN JOURNAL OF MANAGEMENT AND ECONOMICS INNOVATIONS, ISSN: 2693-0811, Volume03 Issue05, May 2021. P. 46- 52  Amerika
  7. 7. Xasanova Gulrux Djumanazarovna  Ways to improve the higher education system in Uzbekistan PSYCHOLOGY AND EDUCATION (ISSN: 2890-2895)  Amerika
  8. 8. Muxsinov Bekzod Toxirovich  Development of the Concept of Integrated Marketing Communications Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 12, Turkish
  9. 9. Azimov Bobir Fattohevich  POKAZATELI INNOVASIONNOY AKTIVNOSTI RESPUBLIKI UZBEKISTAN "Uchyoniy XXI veka"  Rossiya Federatsiyasi

ILMIY- TАDQIQOT FАOLIYATINING UMUMIY TАVSIFI


  1. Жумаева Зулфия Қаюмовна Современные проблемы социально-экономических систем в условиях глобализации. Сборник научных трудов ХIV Международной научно-практической конференции Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» Стратегии и перспективы инновационного развития Узбекистана
  2. Очилов Шерали Баротович“Актуальные проблемы развития национальной и региональной экономики” Сборник научных трудов XI Международной научно-практической конференции для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых. Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» Implementation of the issue of population forecasting with the help of the construction of the derivative function
  3. Расулова Нигора Нематовна“Актуальные проблемы развития национальной и региональной экономики” XI Международная научно-практическая конференция для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых. Белгород, 2021. Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» Контент-маркетинг как цифровая технология продаж товаров и услуг
  4. Рахматов Шухрат Ахатович Актуальные проблемы развития национальной и региональной экономики. Cборник научных трудов XI Международной научно-практической конференции для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых. г. Белгород, 29 апреля 2021 г. С.27-29. Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ»Изучение инновационно-предпринимательской подготовки реального менеджера в трансформации высших учреждений в систему “Университет 3.0”
  5. Рахмонов Хуршид Хайриддинович Актуальный проблемы развития национальной и регионльной экоnомике: Cборник научных трудов XI Международной научно-практической конференции для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых г. Белгород, 29 апреля 2021 г. 371-373, б Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ». Конкурентоспособность как основа формирования стратегических параметров инновационно-технологического развития промышленных предприятий
  6. Хасанова Гулруҳ Джуманазаровна“Актуальные проблемы развития национальной и региональной экономики”. Сборник научных трудов XIV Международной научно-практической конференции для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых. г.Белгород, 29 апреля 2021 г. Стр. 397-401 Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» The oretical aspects of employee motivation in increasing labor productivity
  7. Хасанова Гулруҳ Джуманазаровна“Актуальные проблемы развития национальной и региональной экономики”. Сборник научных трудов XIV Международной научно-практической конференции для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых. г.Белгород, 29 апреля 2021 г. Стр. 124-129 Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» The oretical basis of small scale business management in increasing population employment
  8. Хасанова Гулруҳ Джуманазаровна“Актуальные проблемы развития национальной и региональной экономики”. Сборник научных трудов XIV Mеждународной научно-практической конференции для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых. г.Белгород, 29 апреля 2021 г. Стр. 119-124 Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» Development of theoretical aspects of human capacity
  9. Хасанова Гулруҳ Джуманазаровна“Актуальные проблемы развития национальной и региональной экономики”. Сборник научных трудов XI Международной научно-практической конференции для студентов, магистрантов, аспирантов и молодых ученых. г.Белгород, 29 апреля 2021 г. Стр. 112-116 Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» Implementation of the issue of population forecasting with the help of the construction of the derivative function
  10. Хасанова Гулруҳ Джуманазаровна“Современные проблемы социально-экономических систем в условиях глобализации”. Сборник научных трудов XV Международной научно-практической конференции. г.Белгород, 21 октября 2021 г. Стр. 197-201 Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» Management of the Efficiency оf Innovation Activity оf Industrial Enterprises
  11. Хасанова Гулруҳ Джуманазаровна“Современные проблемы социально-экономических систем в условиях глобализации”. Сборник научных трудов XV Международной научно-практической конференции. г.Белгород, 21 октября 2021 г. Стр. 282-286 Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» Ways Of Improving Management Of Small Business
    In Increasing Employment Of Population (On The Example Of Bukhara Region Of The Republic Of Uzbekistan)
  12. Хасанова Гулруҳ Джуманазаровна“Современные проблемы социально-экономических систем в условиях глобализации”. Сборник научных трудов XV Международной научно-практической конференции. г.Белгород, 21 октября 2021 г. Стр. 444-449 Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» Motivation of employees – as a basis for increasing labor productivity
  13. Хасанова Гулруҳ Джуманазаровна“Современные проблемы социально-экономических систем в условиях глобализации”. Сборник научных трудов XV Международной научно-практической конференции. г.Белгород, 21 октября 2021 г. Стр. 449-452 Россия. Белгород, Институт экономики и управления НИУ «БелГУ» The importance of human resources development in industrial enterprises


KAFEDRANING ISTIQBOLLI REJALARI 1) Kafedra professor o’qituvchilarining ilmiy salohiyatini 2024-yil oxiriga qadar 60 foizga yetkazish
2) Har yili ishlab chiqarish korxonalarida mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan, kamida 100 million so’mlik xo’jalik shartnomalarini amalga oshirish
3) Nufuzli xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda davlat grandlari bajarishni yo’lga qo’yish
4) Professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalarni start-up loyihalarida ishtirok etishlarini ta’minlash,br> 5) Mutaxasislik fanlaridan darslik, o’quv qo’llanma va elektron ta`lim resurslarini ishlab chiqish
6) Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishni yo’lga qo’yish
7) Kafedrada to’garak va o’quv kurslarini yashil iqtisodiyotga ustuvorlik berib, ularni takomilshtirish

 

XORIJIY OLIY TA'LIM MUASSASALARI BILAN XALQARO KONFERENSIYALAR, SEMINARLAR, ILMIY YOKI O‘QUV LOYIHALARDA TALABALAR VA O‘QITUVCHILAR ISHTIROK ETISHI HAQIDA

Kafedra pedagog xodimlari tomonidan “Shaxsga yo`naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo`nalishlar bo`yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o`qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” loyihasi bo`yicha davlat granti ustida ish olib borilmoqda.

“Iqtisodiyot” kafedrasiga qarashli yo`nalishlarda kunduzgi, kechki va sirtqi hamda ikkinchi mutaxassislik ta`lim shakllari bo`yicha 200 gayaqin talabalar tahsil olmoqda, jumladan 63310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) bakalavr ta`lim yo`nalishida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Kafedra pedagog xodimlari rahbarlik qilayotgan iqtidorli talabalar fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlarda doimiy qatnashib kelmoqda.

 

2021 yil 24 oktyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarini yuqori saviyada o\tkazishga faol ishtiroki uchun “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Boboye Akmal Choriyevichga tashakkurnoma izhor qilindi

“YANGI O’ZBEKISTON – YANGICHA QARASH” shiori ostida mamlakatimizfa amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o’rtasida keng targ’ib etish bo’yicha tuman mahallalarida o\tkazilgan tadbirlarda munosib ishtiroki uchun “MA`RIFAT” targ’ibotchilar guruhi a`zosi Buxoro muhandislik-texnologiya institute “Menejment” kafedrasi dotsenti Boboye Akmal Choriyevichga tashakkurnoma bilan taqdirlandi

O’zbekiston Respublikasi bo’ylab “Yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” mavzusida tashkil etilgan siyosiy o’quvlarda trener sifadida munosib ishtiroki uchu Hasanova Gulrux Djumanajarovnaga tashakkurnoma orqali minnatdorchilik bildirildi

2020-2021 o`quv yilida dotsent G.D.Hasanova rahbarligida iqtidorli talaba Yusupov Yusuf “Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi”ga sazovor bo`ldi.

Kafedra doimiy ravishda viloyat va shahar hokimiyati tomonidan tashkil etiladigan siyosiy o`qishlar va targ’ibot ishlari, institut tomonidan tashkil etiladigan ma`naviy ma`rifiy tadbirlarning faol ishtirokchisi. Institutga qarashli talabalar turar joyida “Iqtisodiyot” kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan dekanat bilan hamkorlikda madaniy-ma`rifiy kechalar, davra suhbatlari, tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Kafedra o`qituvchilari doimiy tarzda o`tkazib turiladigan institut, shahar va viloyat miqyosidagi sport tadbirlari qatnashchisi va uning volleybol, shaxmat turlari bo`yicha sovrinli o`rinlarni egallab kelmoqdalar. 


KAFEDRA HAYOTIDAN LAVHALAR