Energetika

Bosh sahifa Energetika

Energetika


Kafedra mudiri,texnika fanlari doktori, professor

Jalilov Rashid Babakulovich

  • Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
  • Telefon: (90) 636-62-73, (94) 546-36-30
  • Email: kafedra_ee@bmti.uz zhalilov.rashid@mail.ru


“ENERGETIKA” KAFEDRASI


 


KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI


 

  • Jalilov Rashid  Babakulovich            kafedra mudiri, t.f.d.. professor
  • Axtamov Rustam Axtamovich         t.f.n. dotsent
  • Toyirov Zuvur                                   t.f.n. dotsent
  • Aslanova Gulnoz Nasriddinovna      katta o‘qituvchi
  • Kamalov Umar Usmanovich              assistent
  • Shoyimova Solixa Pardaevna             assistent
  • Axmedov Anvar Abdurasulovich      assistent
  • Murodov Kamol Jumaevich               assistent
  • Choriyev Alisher  Isomiddin o‘g‘li   o‘qituvchi-stajyor
  • Pirimov Ramziddin  Ramazonovich o‘qituvchi-stajyor
  • Juraqulov Abdullo Xojaqulovich     kabinet mudiri
  • Jo’raqulova Mehrangez Orifovna     laborant
  • Yangiboyev Fayoz G’aybulla o’g’li  laborant

BAKALAVRIAT


60710500 - "Energetika" (issiqlik energetikasi)

60710600 – “Elektr energetikasi” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)


MAGISTRATURA


70710503-Sanoat issiqlik energetikasi


KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:


Bakalavriat:

  1. Loyihalash va boshqarish asoslari (CAD, CAM, CAE) (tanlov)
  2. Gidrogazodinamika (tanlov)
  3. Yo‘nalishga kirish
  4. Termodinamika va issiqlik texnikasi
  5. Elektrotexnika va elektronika
  6. Termodinamika va issiqlik texnikasi
  7. Gidrogazodinamika
  8. Issiqlik va elektr energiyani generatsiyalash
  9. IES yoqilg‘i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi
  10. Issiqlik yuritgichlari va bosim bilan haydash mashinalari
  11. Yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalar
  12. IES yoqilg‘i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi
  13. Qozon qurilmalari
  14. Sanoat korxonalarining issiqlik energetika tizimlari
  15. Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari
  16. Elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash
  17. Issiqlik energetika qurilmalarida innovatsion texnologiyalar
  18. Elektr ta’minoti
  19. Issiqlik ta’minoti va issiqlik tizimlari
  20. Bug‘-gaz qurilmalari
  21. Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari
  22. Issiqlik va atom elektr stansiyalari
  23. Noananaviy issiqlik energiya manbalari

Magistratura


  1. Issiqlik texnikasining nazariy asoslari
  2. Bug‘ generatoridagi jarayonlarning nazariyasi va hisoblari
  3. Sanoat issiqlik energetikasida muqobil energiya manbalaridan foydalanishning nazariy asoslari (tanlov)
  4. O‘txona jarayonlarini rostlashning ilmiy asoslari (tanlov)
  5. Yoqilg‘i energetika majmuasi rivojining ilmiy asoslari
  6. Bug‘-gaz qurilmalarini loyixalash asoslari
  7. Sanoat issiqlik qurilmalarini loyihalash va ishlatish (tanlov)
  8. Issiqlik qurilmalarini ishlatishning ilmiy asoslari (tanlov)
  9. Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
  10. Ilmiy pedagogik ish

KAFEDRADA OLIB  BORILAYOTGAN  ILMIY  ISHLAR


Kafedradaning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: “Iqtisodiyot tarmoqlarida elektr va issiqlik ta’minoti tizimlarining ishonchliligi va samaradorligini noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanib oshirish tadbirlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish”. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlanmalari bilan xalqaro va respublika konfrensiyalarda ishtirok etib kelmoqda.


KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI


Tayanch  OTM – Toshkent Davlat Texnika Universitetida horijiy OTM vakillari    "Sistemi i texno-logii" AJ GK ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.d., professor  Savelev Vitaliy Andreevich (Rossiya) va Azarbayjon   Energetika ilmiy tekshirish  va  loyiha qidiruv    instituti sho‘ba raisi Guliev Guseyngulu Bayram ogli (Azarbayjon ), bilan o‘zaro o‘quv va ilmiy tekshirish borasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokamasi (Toshkent sh. Sentyabr 2019 y)

 


Kafedradagi  o‘quv jarayoni


 

 Energetika kafedrasi katta o‘qituvchisi S.T.Latipov talabalarni “Buxoro-220 kV” podstansiyasida malakaviy amaliyotini tashkil etish jarayoni. Katta o‘qituvchi Aslanova Gulnoz Nasriddinovna tomonidan “Elektrotexnika va elektronika” fanidan o‘tkazilgan tajriba darslari.

 

Kafedra o’qituvchilari  tomonidan talabalar  bilan  “Elekrtotexnika va Elektronuka” , “Termodinamika va  issiqlik texnikasi” fanlaridan o‘tkazilgan tajriba darslari


Ma’naviy-ma’rifiy ishlari


Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari “Kasb hunar maktabi”da va “Talabalar turar joyi”da tarbiyaviy ahamiyatiga molik qiziqarli va mazmunli tadbirlari uyushtirilib kelmoqdalar.

 Kafedra o’qituvchilari Aslanova G.N.,Shoyimova S.P. va Chariyeva M.R. kasb huar maktabining talabalari bilan.

 Talabalar turar joyida “Inson aziz-Xotira muqaddas” mavzusida tadbir - o‘qituvchilar: Toyirov Z., Aslanova G.N., Latipov S.T., Choriyev A.I.


Kafedraning ilmiy faoliyati


"Energetika" kafedrasida 1 nafar fan doktori,  2 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o'qituvchi va 4 nafar assistentlar hamda stajyor-o’qituvchilar ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb qilingan.

Kafedrada «Разработка метода комплексного исследования   надёжности объектов электроэнергетики» mavzusida texnika fanlari doktori (DSc) himoya qilindi va «Создание оптимальной конструкции микроГЭС, адаптированной к потокам оросительнiх каналов на территории Бухарской области» mavzusida texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy unvonini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedradaning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: “Iqtisodiyot tarmoqlarida elektr va issiqlik ta’minoti tizimlarining ishonchliligi va samaradorligini noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanib oshirish tadbirlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish”.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlardan  lavhalar

   "Energetika" kafedrasi doktoranti S.T. Latipov va A.I. Chorievlarning “YEVROSNAR” MCHJ dan ilmiy ishlari uchun natija olish jarayoni.

Kafedraning o‘quv- ilmiy markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 9 oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” Farmoni, hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 sentabrdagi 704-sonli “Oliy ta’lim muassalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar va iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba sinov ishlari uchun sharoit yaratishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ini amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar ijrosi bo‘yicha Buhoro muhandislik-texnologiya instituti “Energetika” fakulteti

“Energetika” kafedrasida institut rektorining 2021 yil 13 noyabrdagi № 644-21 buyrug‘iga asosan Kafedrada  “Energetik konsalting” o‘quv- ilmiy markazi tashkil qilinib, unda “Elektroenergetika” sohasidagi “Elektromontyor” kasbi  bo‘yicha uch oylik pullik tayyorlov kursi ochildi va bu kursning birinchi qaldirg‘ochlari 11.11.2021 yildan 11.02.2022 yilgacha kursda tahsil olib muvaffaqiyatli yakunladilar.

 Kafedraning o‘quv- ilmiy markazi faoliyatidan lavhalar.


FAN VA IShLAB ChIQARIShNING INTEGRATSIYASI


“Buxoroenergomarkaz” AJ o`rtasida o`zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan bo`lib, shartnomaga asosan korxonada kafedra filiali tashkil etilgan. 531010- Energetika (issiqlik energetikasi) yo`nalishi talabalariga mutaxasislik fanlaridan dars mashg`ulotlari va malakaviy amaliyotlar ushbu kafedra filialida olib borilmoqda.

 “Buxoroenergomarkaz” AJ  korxonasida talabalarning ekskursiyasi .

Hamidov Olim Maxmudovich “Kogon isitgich moslamalar” xususiy korxonasi rahbari tomonidan “Binolarning  avtomatik boshqariladigan mikroprosessorli energiya tejamkor, issiq suv orqali uylarni, ko’p qavatli binolarni va zamonaviy issiqxonalarni gravitatsion isitish tizimlarini yaratish” mavzusida o’tkazilgan simenardan lavhalar.