Istiqbol rejalar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 yanvardagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxascislar tayyorlash sifatini yaxshilash chora – tadbirlari to’g’risida» gi PQ – 1533 – sonli  Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oishirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to’g’risida»gi PK-3151 raqamli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi « Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PQ – 2909 – sonli  Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 noyabrdagi “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovacion hamkorlikni amalga oshirishni tashkil etish masalalari to’g’risida”gi 47 sonli majlis bayoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 iyundagi 642-f-sonli Farmoyishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 oktyabrdagi “Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada rag’batlantirish to’g’risida”gi 839-son Qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 26 maydagi 342-sonli buyrug’i, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 16 iyundagi 396-sonli  buyrug’i, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 23 oktyabrdagi 787-sonli  buyrug’i, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi “Buxoro muxandislik –texnologiya institutini tashkil etish to’g’risida” gi PF -1954 – sonli qarori va  O va O’MTV 16.04.13 y. dagi “Buxoro muhandislik – texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi” №124 sonli bo’yrug’i  va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqib BuxMTIda ilmiy – tadqiqot ishlarining istiqbolli rejasi (strategiyasi), chora-tadbirlar rejalari, yo’l xaritalari, harakatlar dasturlari, joriy va o’rta muddatli rejalar ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va tegishli tartibda amalga oshirib borilmoqda.

Institutning ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash bo’yicha istiqbolli rejasida belgilangan ustivor vazifalar:

  • Institut reyting ballarini me’yoriy ko’rsatkichlar doirasida ta’minlash;
  • Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabulni yangi nizom talablari bo’yicha tanlov asosida tashkil etish;
  • Institutda ilmiy – tadqiqot faoliyatni rivojlantirish strategiyasini amalda joriy etilishini ta’minlash
  • Kafedralar qoshidagi fan, ilmiy – ijodiy to’garaklarga iqtidorli talabalarni keng jalb qilish va ular bilan tizimli faoliyat olib borish orqali fan olimpiadalarida, innovacion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar yarmarkalarida, turli tanlovlarda, turli musobaqalarida ishtirokini ta’minlash;
  • Iqtidorli talaba-yoshlarni innovaciyalar markazida tashkil etilgan “Innovacion g’oyalar generaciyasi” klubi va to’garaklar faoliyati asosida ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga keng jalb etish;
  • Innovacion markazlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy – ijodiy markazlar, innovacion klublarga iqtidorli talabalar, yosh tadqiqotchilar, magistrlarni jalb etish;
  • Xalqaro grantlari asosida olib kelingan laboratoriya jihozlarni ishlab chiqarishdagi muammolar echimiga yo’naltirilgan loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
  • Ilmiy-pedagogik kadrlarning doktorantura va mustaqil izlanuvchilik institutlari orqali dissertaciyalarini o’z vaqtida himoya qilishga imkoniyatlar yaratish;
  • Professor-o’qituvchilarning innovaciya markazi tomonidan ishlab chiqilgan nizomlar asosida tanlovlar o’tkazib samarali ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag’batlantirish tizimini takomillashtirish;
  • PK-2909 qarorida belgilangan ustivor vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin ilmiy hamkorlik aloqalari o’rnatish;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish bo’yicha «Iste’dod» fondi imkoniyatlaridan foydalanib istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni (magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarni) xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o’tkazish va malakasini oshirish;
  • PK-2909 qarori doirasida imzolangan shartnomalarda ko’rsatilgan ilmiy faoliyatga oid vazifalar ijrosini ta’minlash va xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish hamda stajirovkasini o’tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo’yicha o’qitish
  • Institutning akademik ilm-fan bilan integraciyalashuvini kuchaytirish;
  • Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini ishlab chiqarish korxonalari talab va ehtiyojlariga moslashtirish;
  • Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o’quv, ayniqsa ilmiy-laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash
  • Iqtidorli talabalar, yosh tadqiqotchilar, magistrlar, tayanch doktorant va doktorantlarning jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron ma’lumotlari bazalariga (Web of Science, EPSCO, Scopus va boshqa) kirish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini xorijiy hamkorlikda tashkil etishni kuchaytirish maqsadida tadqiqotchilarni chet tilini o’rganish bo’yicha va xorijiy tanlovlarda ishtirok etishi bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlar yaratish

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalari innovacion g’oyalari va biznes – loyihalari va “Eng yaxshi ilmiy-innovacion kafedra”  tanlovi nominaciyalarini ko’paytirib tadqiqotchilarni rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish.