Blog

ISTE`DODLI TALABANING YANA BIR G`ALABASI

Jadal rivojlanishlar, xalqaro hamkorliklar izchil taraqqiy etayotgan bugungi kunlarda chet tillarini biladigan kadrlarga bo`lgan talab iqtisodiyotimizning har bir sohasida shiddat bilan oshmoqda. Buni yaqqol anglab turgan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mitziyoyev ta`lim tizimiga ayniqsa chet tillariga katta e`tibor qaratyotganlari hech kimga sir emas. Institutimiz “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsia tizimlari” ta`lim yo`nalishi talabalari ham mutaxassislik fanlarini chuqur o`zlashtirish bilan bir qatorda, xorijiy tillarni o`rganishga ham katta e`tibor berishmoqda, pirovardda ushbu yo`nalishda ular yuqori natija ko`rsatmoqdalar.

Ushbu e`tibor va ko`maklarning mahsuli o`laroq “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsia tizimlari” ta`lim yo`nalishi 700-16 TJB guruh talabasi Abduxakim Mo`minov juda yorqin natijaga erishdi. U eng nufuzli xalqaro imtihonlardan biri hisoblanmish IELTS (International English Language Testing System) imtihonidan yuqori ballni, umumiy 7.5 (maksimal ball 9.0) qo`lga kiritib ustoz murabbiylarini quvontirdi va institutimiz sharafini yana bir marotaba yuqoriga ko`tardi.

Bundan oldin ham ushbu talaba o`z bilimi va zakovati ila jahonning ilg`or o`quv dargohlari va tadqiqot markazlari bilan bilan olib borilgan muzokaralarda faol qatnashib institut rivojiga o`z hissasini qo`shib kelgan. Bunga misol qilib Ispaniyaning Cantabria Universteti va Xitoyning Shangdong provinsiyasi fanlar akademiyasidan tashrif buyurgan delegatsiya a`zolari bilan bo`lgan muzokaralarni misol qilishimiz mumkin.

Bu bilan cheklanib qolmay Abduxakim Mo`minov o`z bilim tajribasini boshqalar bilan bo`lishishga qaror qilib bepul online darslar o`tayotgani tahsinga sazovor. Talabalarning qimmatli vaqtlaridan samarali foydalanish, ilm olish uchun u o`z hissasini qo`shib kelmoqda. A.Mo`minovning ushbu ishlari va kelgusi amallariga bundanda yuqori muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.