Blog

Ishlab chiqarish korxonalarida tovar iste`molchilari va tashkilot xizmati servisi mavzusida ochiq dars-binar ma`ruza

YuldashevaS.N-“Menejment” kafedrasi katta o`qituvchisi

«Eva ICHAKT» fakul’tetining  “Menejment” kafedrasi katta o`qituvchisi  Yuldasheva Saida Nematovna  tomonidan 2017 yil  3 fevral kuni III juftlikda soat 12-05 da  institut 2- binosi 517- auditoriyasida Ishlab chiqarish menejmenti fanidan “Ishlab chiqarish korxonalarida tovar iste`molchilari va tashkilot xizmati servisi” mavzusida ochiq dars  binar-ma`ruza o`tkazildi. Ochiq darsni  o`tkazishdan maqsad: bitiruvchi kurs 12-13 MNDT, 14-13 MNDT guruh talabalarini tovar iste`molchilari huquqlari bilan tanishtirish,  milliy iqtisodiyotning rivojlanishida qonunlarning hayotdagi tadbig’ini   o`rgatish.

Ochiq dars yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llagan holda tashkil qilinib, ko`rgazmali slaydlar va videoroliklarni namoyish qilish orqali  rejalar talabalarga yoritildi.

Binar ma`ruza bo`lganligi sababli  darsda Buxoro shahar Iste`molchilar huquqini himoya qilish  jamiyatlari Federatsiyasi raisi Xafizov Karim Raxmatovich istirok etdi. Xafizov K.R. talabalarga Iste`molchilar huquqini himoya qilish  jamiyatlari Federatsiyasining faoliyati, vazifalari,  uning hududiy birlashmalari, ustavi va Iste`molchilar huquqini himoya qilish qonuni haqida batafsil ma`lumotlar bilan tanishtirdi. Federatsiya raisiga savollar berilib ijobiy  javoblar olindi. Bu bilan amaliy bilimlar yanada oshdi.Talabalarda qonunlarning ustuvorligi ko`nikmalari shakllandi.

Ochiq dars Menejment kafedrasi mudiri dotsent D.I.Ro`ziyeva, dotsent X.A.Ulashev, katta o`qituvchi Musayeva J.K. va assistent Jumaeva Z.X. tomonlaridan tahlil qilindi va ijobiy baholandi.

Binar ma`ruza bo`lganligi sababli  Buxoro shahar Iste`molchilar huquqini himoya qilish  jamiyatlari Federatsiyasi raisi  Xafizov K.R. talabalarga Iste`molchilar huquqini himoya qilish qonuni haqida batafsil ma`lumotlar bilan tanishtirdi.
Ishlab chiqarish menejmenti fanidan “Ishlab chiqarish korxonalarida tovar iste`molchilari va tashkilot xizmati servisi” mavzusida   YuldashevaS.N. ochiq dars –binar ma`ruza    o’tkazdi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.