Ilmiy tadqiqotga oid e`lonlar

E’lon!!!

 Institut kafedralarida ilmiy-innovacion va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar ustuvor yo’nalishlari bo’yicha pedagog-xodimlarning ilmiy salohiyatini va ijodkorligini rag’batlantirish, ularning ilmiy yutuqlarini ommaviylashtirish maqsadlarida tashkil etilgan “Ilmiy-innovacion va tadbirkorlik faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovi bo’yicha hujjatlar qabuli boshlanganligini ma’lum qilamiz. Quyidagilarga e’tibor berishingizni so’raymiz:

  1. Ko’rik – tanlov – “Eng faol ilmiy-innovacion kafedra”, “Eng faol yosh ilmiy tadqiqotchi” va “Eng faol tadqiqotchi-olim” nominaciyalari bo’yicha o’tkaziladi;
  2. Ko’rik – tanlovning “Eng faol ilmiy-innovacion kafedra” nominaciyasi kafedra va institut reytingi bilan bevosita bog’liq bo’lganligi uchun unda ishtirok etish har bir kafedra uchun majburiy;
  3. Tanlovga hujjatlar Nizomga ilova qilingan baholash me’zonlari jadvallarini to’ldirib kafedra mudiri tomonidan tasdiqlab topshiriladi.
  4. 2018 yildagi institut reytingi uchun topshirilgan hujjatlar takroran topshirilmaydi, faqat ularning ro’yxati keltiriladi. Institut reytingi uchun talab qilinmagan va tanlov me’zonlarida so’ralgan hujjatlarni tasdiqlovchi nusxalari ilova qilinadi;
  5. Ko’rik – tanlovning qolgan nominaciyalarida ishtirok etish ixtiyoriy;
  6. Ko’rik – tanlovning “Eng faol ilmiy-innovacion kafedra” nominaciyasi jamoaviy, “Eng faol yosh ilmiy tadqiqotchi” va “Eng faol tadqiqotchi-olim” nominaciyalari esa, individual da’vogarlar uchun moslashtirilgan.

Ko’rik – tanlovi komissiyasiga kafedralar va pedagog-xodimlarga tegishli hujjatlar mazkur oyning 25 martiga qadar “Ilmiy tadqiqot, innovaciyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi”da qabul qilinadi va ushbu sanadan kechiktirib topshirilgan hujjatlar tanlov komissiyasi ishida ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.

Tanlov Nizomi va baholash me’zonlari ilova qilinadi.

“Ilmiy-innovacion va tadbirkorlik

faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovi

komissiyasi raisi